Diqqat!!!!
Nurafshon shahrida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi
05-avgust kuni
"Toshkent-To‘ytepa" avtomobili yo‘li hududidagi gaz quvurlarini xavfsiz joyga ko‘chirish maqsadida, "Yangiobod", "Obod", "Ma’rifat", Oybek, "Obod turmush", "To‘ytepa", Muqumiy, "Dehqonobod" va Navro‘z MFY isteʼmolchilariga soat 08:00 dan 18:00 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.
Aholi iste’molchilari soni – 7 880 ta;
Ulgurji iste’molchilari soni – 180 ta.
Gaz taʼminoti bosqichma-bosqich va xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilingan holda tiklanadi.
Hurmatli Fuqarolar!
Gaz uzilishi vaqtida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilishingizni, gaz jihozlariga eʼtiborli boʻlishingizni soʻraymiz.
☎️ dispetcherlik xizmati: (71) 502-17-04//-05//-06
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
NURAFSHON SHAHRI BO‘YLAB “SALOMATLIK MARAFONI” START OLDI
Avgust oyi davomida o‘tkaziladigan ushbu milliy harakat aholi o‘rtasida kasalliklarning oldini olish, ularni erta bosqichlarda aniqlash, salomatlikni mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.
✅ Marafon doirasida oilaviy poliklinikalar, viloyat tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari hamda respublikadan jalb etilgan mutaxassislar ishtirokida aholining turli qatlamlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ayniqsa, endokrin va yurak-qon tomir kasalliklarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, 40 yoshdan oshgan ayollar uchun skrining tekshiruvlarini tashkil etish marafonning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Tibbiy ko‘riklar davomida fuqarolarning salomatlik holati chuqur o‘rganilib, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha tegishli tavsiya va davolash choralari belgilanadi.
Ko‘rik natijalari yagona elektron baza — “D-Med” dasturiga kiritiladi. Bu esa har bir fuqaroning salomatlik holatini kelgusida muntazam kuzatib borish, kasalliklarning rivojlanish xavfini baholash va profilaktik tadbirlarni o‘z vaqtida tashkil etish imkonini beradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
Ayni paytda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Deputatlar sessiya kun tartibiga muvofiq bir qator muhim masalalarni ko‘rib chiqib, muhokama qilmoqdalar.
Sessiyani quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.👇🏻👇🏻👇🏻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#aksiya
NURAFSHON SHAHRI BO‘YLAB “SALOMATLIK MARAFONI” START OLDI
Bugundan Nurafshon shahrida “Salomatlik marafoni” milliy harakati boshlandi.
Avgust oyi davomida o‘tkaziladigan mazkur aksiya aholi o‘rtasida kasalliklarning oldini olish, ularni erta bosqichlarda aniqlash, salomatlikni mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan.
Marafon doirasida oilaviy poliklinikalar, viloyat tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari hamda respublika mutaxassislari ishtirokida aholining turli qatlamlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Ayniqsa, endokrin va yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash hamda ularning oldini olish, shuningdek, 40 yoshdan oshgan ayollarni skrining tekshiruvlaridan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratiladi.
Ko‘riklar davomida fuqarolarning salomatlik holati o‘rganilib, zarur hollarda tegishli tavsiyalar beriladi va davolash choralari belgilanadi.
Tekshiruv natijalari yagona elektron baza — “D-Med” dasturiga kiritilib, aholi salomatligini muntazam monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram

🔥2❤1