Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eshitmadim_demanglar
So‘lim Toshkent viloyati barcha hamyurtlarimizni yana bir bor o‘z bag‘riga chorlaydi!
Joriy yil 21-22-avgust kunlari Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida “Uzum sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.
Ishoning, Parkentning go‘zal tabiati, musaffo havosi, mehmondo‘st insonlari va asrlar davomida sayqal topgan uzumchilik an’analari sizda unutilmas taassurot qoldiradi.
O‘zbekona milliy qadriyatlar ruhidagi ushbu saylga barchangizni chorlab qolamiz.
Keling, ko‘ring, bahramand bo‘ling!
Kirish mutlaqo bepul!
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter🌐 Instagram
So‘lim Toshkent viloyati barcha hamyurtlarimizni yana bir bor o‘z bag‘riga chorlaydi!
Joriy yil 21-22-avgust kunlari Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida “Uzum sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.
Festival doirasida, sara uzum navlari va turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkalari, ilmiy-amaliy konferensiyalar, milliy urf-odatlarimiz namoyishlari, taniqli xonandalar ishtirokidagi gala-konsertlar va bir-biridan qiziq madaniy tadbirlar o‘tkaziladi.
Ishoning, Parkentning go‘zal tabiati, musaffo havosi, mehmondo‘st insonlari va asrlar davomida sayqal topgan uzumchilik an’analari sizda unutilmas taassurot qoldiradi.
O‘zbekona milliy qadriyatlar ruhidagi ushbu saylga barchangizni chorlab qolamiz.
Keling, ko‘ring, bahramand bo‘ling!
Kirish mutlaqo bepul!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda
✅ Jumladan, Toʻytepa hududidagi TP-9, 2-fider tarmogʻida SIP kabelini montaj qilish ishlari bajarildi. Shuningdek, avariya holatlarining oldini olish hamda elektr taʼminoti ishonchliligini oshirish maqsadida TP-345 transformator punktida avtomat uskunasi yangisiga almashtirildi.
Mazkur texnik tadbirlar kuz-qish mavsumida elektr tarmoqlari barqaror ishlashini taʼminlash, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozliklarning oldini olish hamda isteʼmolchilarga sifatli elektr energiyasini yetkazib berishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Obod xonadon bo'lish sirlari...
"Mash'al" gazetasi tashabbusi bilan Nurafshon shahrida faoliyat olib borayotgan "Buvijonlar maktabi" faollari hamkorligida "Obod xonadon" loyihasi yo'lga qo'yildi.
✅ Loyiha doirasida mahallasiga namuna bo'lib kelayotgan tinch-totuv, saranjom-sarishta va obod xonadonlarga tashrif buyurib, videoroliklar tayyorlanadi.
Ilk manzilimiz Nurafshon shahri "Obod turmush" mahallasida istiqomat qiluvchi Bibixojar onamizning xonadoni bo'ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar bilan ochiq muloqot — muammo va takliflar muhokama markazida
Nurafshon shahrida yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uchrashuvlar izchil davom etmoqda. Bu kabi muloqotlar yoshlarning fikr va tashabbuslarini tinglash, dolzarb masalalariga amaliy yechim topish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishga xizmat qilmoqda.
✅ Bugun ham Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev, shahar prokurori o‘rinbosari S. Yuldashev, yoshlar yetakchilari hamda tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida shahar hokimi mazkur tadbir rasmiy yig‘ilish emas, balki yoshlarning fikr-mulohazalari, tashabbus va takliflarini bevosita eshitish, ularni qiynayotgan masalalarni birgalikda muhokama qilish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan ochiq muloqot maydoni ekanini alohida ta’kidladi.
Muloqot davomida yoshlarni ijtimoiy loyihalar va davlat dasturlariga faol jalb etish, ularning bandligini ta’minlash, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlar tomonidan ta’lim, ish bilan ta’minlash va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan bildirilgan murojaat hamda takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
❗️Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini o‘z vaqtida hal etishning muhim vositalaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
"Yagona Vatan, yagona xalq — yangi hayot va kelajak yaratamiz. Ayol qadri ulug'langan yurt"!
✅ Tadbirda shahar Nuroniy jamg‘armasi raisi J.Axmedqulov va faol nuroniylar ishtirok etib, yurtimiz mustaqilligining beqiyos qadri, mamlakatimizda ayollarga qaratilayotgan e'tibor, tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash, Vatanga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlash hamda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan mazmunli fikr-mulohazalar bildirdilar.
Tadbir davomida Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan Vatan madh etilgan kuy-qo‘shiqlar, badiiy va musiqiy chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM