Nurafshon shahrida gaz ta’minoti tizimlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari olib borilmoqda
🔴 Xususan, “O‘rtasaroy” GTS dan chiquvchi o‘rta va yuqori bosimli gaz quvurlarida zichlikka sinash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, GTNlardan chiquvchi diametri D-76, D-89 va D-159 mm bo‘lgan gaz quvurlaridagi zulfinlarga temir to‘siqlar o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, "Qumariq" MFY, Shabnam ko‘chasida joylashgan RDBK-1,25 rusumli o‘rta bosimli gaz taqsimlash qurilmasida texnik taftish va servis xizmati ko‘rsatildi.
❗️Mazkur ishlar gaz tarmoqlarining texnik holatini nazorat qilish, mavjud kamchiliklarni barvaqt aniqlash hamda iste’molchilarni tabiiy gaz bilan barqaror va xavfsiz ta’minlashga qaratilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muammo bormi, darhol murojaat qiling!
Nurafshon shahrida kommunal va obodonlashtirish sohasida muammo bormi? Hududingizda obodonlashtirish, tozalik, chiqindilarni olib chiqish, ko‘cha va hududlarni saqlash bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz, murojaatingizni mas’ullarga yetkazing!
📲 Muammo va takliflaringiz bo‘yicha quyidagi mas’ullarga darhol murojaat qilishingiz mumkin:👤 Dispetcher:☎️ +998 90 319 89 78👤 Mas’ul xodim:☎️ +998 93 444 83 81👤 Rahbar o‘rinbosari:☎️ +998 99 853 22 99
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NURAFSHON SHAHRIDA KIBERXAVFSIZLIK BO‘YICHA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
Nurafshon shahri hokimligi hamda hokimlik tasarrufidagi tashkilot va muassasalarda faoliyat yurituvchi davlat xizmatchilari ishtirokida “Kiberxavfsizlik asoslari” mavzusida amaliy o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminar Nurafshon shahri hokimining Sun’iy intellekt maslahatchisi D. Mansurov tomonidan tashkil etilib, seminar spikeri sifatida olib borildi.
✅ Seminar davomida xodimlarga:
🔹 fishing va firibgar xabarlarni aniqlash;
🔹 virus va zararli dasturlardan himoyalanish;
🔹 Telegram va messenjerlardan xavfsiz foydalanish;
🔹 akkauntlarni ikki bosqichli himoyalash;
🔹 kuchli parollardan foydalanish;
🔹 kundalik kiber-gigiyena qoidalariga rioya qilish
bo‘yicha zarur amaliy ko‘nikmalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda “Eʼzoz” loyihasi: keksalarga eʼtibor va mehr ulashilmoqda
“Vatan mehri” ijtimoiy tashabbuslar tanlovi doirasida amalga oshirilayotgan “Eʼzoz” loyihasi keksalarga mehr va eʼtibor ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ezgu tashabbuslarni birlashtirmoqda. Nurafshon shahrida ham “Inson” volontyorlari loyiha doirasida yolg‘iz va eʼtiborga muhtoj keksalar holidan xabar oldi.
Zero, eʼzoz — eʼtibor, mehr va inson qadrini ulug‘lashdan boshlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, gaz ta’minoti tizimlarining barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida “Nurafshon gaz” tomonidan mavsumoldi tayyorgarlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
✅ Xususan, Qumariq MFY, Shabnam ko‘chasida joylashgan RDNK-400 rusumli gaz taqsimlash qurilmasida (GTN) texnik reviziya ishlari olib borilmoqda. Jarayon davomida qurilmaning texnik holati ko‘zdan kechirilib, uning mavsum davomida barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
❗️Mazkur ishlar gaz tarmoqlarining texnik holatini puxta nazorat qilish, mavjud kamchiliklarni mavsum boshlanishidan oldin aniqlash va bartaraf etish hamda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan barqaror va xavfsiz ta’minlashga qaratilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM