Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.
Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi.
Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi.
Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan:
– Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi;
– Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi.
Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash;
– Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish;
– Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish;
– aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish;
– qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash;
– Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish;
– Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar.
Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan.
Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi.
Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi.
Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda.
Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
Facebook|Instagram|X

Elektr tarmoqlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda
🔴 Jumladan, Obod turmush hududidagi TP-9da tayanch ustunlarga traverslar o‘rnatish hamda kabel tortish ishlari bajarildi. Shuningdek, Degantepa mahallasidagi TP-19da transformator kabellarini tartibga keltirish, tayanch ustunlardagi eski liniya kabellarini zamonaviy SIP kabellariga almashtirish ishlari olib borilmoqda.
❗️Mazkur texnik tadbirlar elektr tarmoqlarining kuz-qish mavsumida barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda iste’molchilarga sifatli elektr energiyasini yetkazib berishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kitobsevar oilalar bir tanlovda jam bo‘ldi
🔘 Tanlovda shahardagi 6 ta faol va kitobxon oilalar ishtirok etib, o‘zlarining kitobga bo‘lgan mehr-muhabbati, mutolaa borasidagi bilim va ko‘nikmalari hamda oiladagi kitobxonlik an’analarini namoyon etdilar.
❗️Batafsil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 SAYYOR QABUL
Hurmatli fuqarolar!
Toshkent viloyati Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Dadamatova Gavxar Maxamadalievna tomonidan sayyor qabul o’tkaziladi.
🤝 2026-yil 15-avgust kuni soat 11:00 da Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o’tkaziladi.
✍️ Ijtimoiy himoya sohasiga oid sizni qiziqtirayotgan masalalar, murojaatlar, taklif va tashabbuslaringiz bo’lsa, sayyor qabulda ishtirok eting. Muammolaringizni tinglash va ularni hal etish yuzasidan amaliy yordam ko’rsatishga tayyormiz.
📍 Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Qumariq MFY hududida joylashgan Ijtimoiy himoya Boshqarmasi va Inson markazi binosi.
⛳️ Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
Gaz ta’minoti tizimlari bosqichma-bosqich takomillashtirilmoqda
✔️ Xususan, Degantepa MFY, Degantepa ko‘chasida mavjud gaz ta’minoti tizimini zamonaviy talablarga moslashtirish maqsadida rejaga muvofiq ikki bosqichli gaz ta’minoti tizimiga o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.✔️ Shuningdek, 57-sonli umumta’lim maktabi hududidagi diametri 57 mm bo‘lgan past bosimli yer usti gaz quvurlari ta’mirlandi.✔️ Bundan tashqari, Yangiobod MFY hududida joylashgan o‘rta bosimli RD-50 rusumli gaz taqsimlash qurilmalarida texnik taftish va xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.
❕Mazkur tadbirlar gaz tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, mavjud muammolarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish hamda aholini tabiiy gaz bilan ishonchli va xavfsiz ta’minlashga qaratilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3