Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
48.9K photos
4.82K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram


Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan Navro‘z, To‘ytepa, Muqimiy mahallalarida istiqomat qiluvchi aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rik davomida aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida stomatolog, xirurg, travmatolog, okulist, nevropatolog, urolog, otolaringolog, pediatr kabi tor soha mutaxassislari hamda oilaviy shifokorlar jalb etildi. Shuningdek, fuqarolarning salomatlik holatini yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida ultratovush tekshiruvi (UZI), elektrokardiogramma (EKG), laborator va boshqa instrumental tekshiruvlar ham o‘tkazildi.


Tibbiy ko‘rik davomida jami 117 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan 19 nafar fuqaroda birlamchi kasallik belgilari aniqlanib, ularga tegishli tibbiy tavsiyalar berildi hamda keyingi davolanish va kuzatuv bo‘yicha yo‘nalishlar belgilandi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2


Ayollar e’zozlangan yurtda qadriyatlar barhayot

💠Nurafshon shahrida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Ayol qadri ulug‘langan yurt” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda mahalla xotin-qizlari, “Oqila ayollar” harakati a’zolari, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etdi.

🔘Tadbir davomida yosh avlodni tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, kattalarni e’zozlash, milliy qadriyat va an’analarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔘Xususan, xalqimizning qadimiy urf-odatlaridan bo‘lgan “kelin salom”, “o‘sma qo‘yish” va “alla” udumlari amaliy tarzda namoyish etilib, ularning mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati hamda milliy an’analarimizdagi o‘rni haqida tushunchalar berildi.


Tadbirning badiiy qismida kuy-qo‘shiqlar va milliy raqslar ijro etildi. Yoshlarning milliy qadriyatlar, odob-axloq va ajdodlar merosiga bo‘lgan hurmatini ifodalovchi chiqishlari tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

✔️Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, onalarning hayotiy tajribasini yosh avlodga yetkazish hamda mahallalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5