Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
48.9K photos
4.81K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram


Kitobsevar oilalar bir tanlovda jam bo‘ldi

Nurafshon shahrida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, oilalarda mutolaa muhitini shakllantirish, yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida Nurafshon shahar Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan “Kitobxon oila” tanlovi tashkil etildi.

🔘Tanlovda shahardagi 6 ta faol va kitobxon oilalar ishtirok etib, o‘zlarining kitobga bo‘lgan mehr-muhabbati, mutolaa borasidagi bilim va ko‘nikmalari hamda oiladagi kitobxonlik an’analarini namoyon etdilar.


❗️Batafsil

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


📢 SAYYOR QABUL

Hurmatli fuqarolar!

Toshkent viloyati Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Dadamatova Gavxar Maxamadalievna tomonidan sayyor qabul o’tkaziladi.

🤝 2026-yil 15-avgust kuni soat 11:00 da Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o’tkaziladi.

✍️ Ijtimoiy himoya sohasiga oid sizni qiziqtirayotgan masalalar, murojaatlar, taklif va tashabbuslaringiz bo’lsa, sayyor qabulda ishtirok eting. Muammolaringizni tinglash va ularni hal etish yuzasidan amaliy yordam ko’rsatishga tayyormiz.

📍 Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Qumariq MFY hududida joylashgan Ijtimoiy himoya Boshqarmasi va Inson markazi binosi.

⛳️ Lokatsiya

Telegram 🌐Instagram
📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1


Gaz ta’minoti tizimlari bosqichma-bosqich takomillashtirilmoqda


💠Nurafshon shahrida gaz ta’minoti tizimlarini texnik jihatdan soz holatda saqlash, iste’molchilarga tabiiy gazni barqaror yetkazib berish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida rejali ishlar amalga oshirilmoqda.

✔️Xususan, Degantepa MFY, Degantepa ko‘chasida mavjud gaz ta’minoti tizimini zamonaviy talablarga moslashtirish maqsadida rejaga muvofiq ikki bosqichli gaz ta’minoti tizimiga o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

✔️Shuningdek, 57-sonli umumta’lim maktabi hududidagi diametri 57 mm bo‘lgan past bosimli yer usti gaz quvurlari ta’mirlandi.

✔️Bundan tashqari, Yangiobod MFY hududida joylashgan o‘rta bosimli RD-50 rusumli gaz taqsimlash qurilmalarida texnik taftish va xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.


Mazkur tadbirlar gaz tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, mavjud muammolarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish hamda aholini tabiiy gaz bilan ishonchli va xavfsiz ta’minlashga qaratilgan.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#bunyodkorlik
#tuhfa

Nurafshonda barpo etilgan muazzam favvoralar ansambli shaharga o‘zgacha tarovat baxsh etmoqda

Nurafshon shahrida Mustaqilligimizning 35 yillik shodiyonalari arafasida shahar ahli va mehmonlariga yana bir munosib tuhfa — 70 metr uzunlikdagi zamonaviy musiqali favvoralar majmui ishga tushirildi.
Mazkur majmua davlatimiz rahbarining viloyatimiz, xususan, uning markazi Nurafshon shahrini zamonaviy shaharsozlik asosida rivojlantirishga qaratayotgan e’tiborining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

Osmono‘par favvoralar “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi muazzam sun’iy ko‘l bag‘rida qad rostlab, marvarid tomchilari va  orombaxsh fayzi bilan shaharning eng  diqqatga sazovor maskanlaridan biriga aylanib,  Nurafshonning zamonaviy qiyofasiga yana bir go‘zal chizgi qo‘shdi.

Ayniqsa, kechqurun bu yerdagi atmosfera  yanada jozibador tus oladi. Turfa rangli chiroqlar ostida 70 metrlik favvoralar musiqa sadolariga uyg‘un ravishda goh osmon sari intilib, goh mayin tovush bilan ko‘l bag‘riga qaytib tushadi. Suv, nur va musiqa uyg‘unligi esa oddiy sayrni ham o‘ziga xos tomoshaga aylantiradi.
Favvora atrofidagi so‘lim xiyobonda sayr qilish, sokin o‘rinlarda hordiq chiqarish, yaqinlar bilan suhbatlashish uchun sharoitlar yaratilgan. Muzqaymoq,  salqin ichimliklar,  fast-fut shahobchalari ish boshlagani
bu yerni oilaviy dam olish uchun ayni muddaoga aylantirgan.

Zero, Nurafshonning yangi qiyofasi faqat muhtasham binolar bilan emas, odamlar zavq bilan keladigan, oilasi bilan vaqt o‘tkazadigan, xotiralar qoldiradigan go‘zal maskanlar bilan  yaratilmoqda.

Nurafshon favvoralar ansambli har kuni 20.00 da 22.00 gacha shahar ahli va mehmonlari xizmatida bo‘ladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥3