Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
48.9K photos
4.81K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram


Nurafshonda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda


Nurafshon shahridagi mahallalarda energiya barqarorligini ta’minlash, elektr tarmoqlari va transformator punktlarining kuz-qish mavsumidagi barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Muqumiy MFY hududidagi TP-335 transformator punktida mavjud qurilmaning rubinligini almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Qumariq MFY hududidagi TP-43 transformator punktida esa mavjud 160 kVA quvvatli transformatorni yuklamadan xalos etish maqsadida 250 kVA quvvatli transformatorni montaj qilish ishlari olib borilmoqda.


Shuningdek, Qumariq MFY hududida transformator uchun tayanch ustunlarini o‘rnatish hamda elektr kabellarini tortish ishlari davom etmoqda.

Mazkur ishlar elektr ta’minoti tizimining ishonchliligini oshirish, mavjud yuklamalarni kamaytirish hamda kuz-qish mavsumida iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

❗️Kuz-qish mavsumini barqaror va betalafot o‘tkazish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Nurafshonda tadbirkorlik istagidagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi


Nurafshon shahrida yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish hamda mavjud muammolariga amaliy yechim topishga qaratilgan ochiq muloqot tashkil etildi.

✔️Uchrashuvda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, yoshlar yetakchilari hamda tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari ishtirok etdi.

✔️Muloqot avvalida shahar hokimi mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va yoshlar uchun biznes boshlash imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib, Prezidentimiz tashabbusi bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlar uchun yangi imkoniyat va qulayliklar yaratilayotganini ta’kidladi.


Suhbat davomida yoshlarning biznes g‘oyalari, tadbirkorlik faoliyatini boshlashdagi ehtiyojlari hamda mavjud to‘siqlar muhokama qilindi. Shuningdek, imtiyozli moliyalashtirish, davlat dasturlari doirasidagi qo‘llab-quvvatlash choralaridan foydalanish, kasb-hunar egallash va bandlik masalalari yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

✔️Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.


Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni mustaqil faoliyatga yo‘naltirish va yangi loyihalarini ro‘yobga chiqarish uchun amaliy ko‘mak berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#chorlov

Joriy yil 21-22-avgust kunlari Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida “Uzum sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.

Barcha yurtdoshlarimizni Parkentning betakror va go‘zal tabiatidan,  "Uzum sayli"ning chinakam zavqidan bahra olishga chorlaymiz!

Sayilga marhamat!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon yosh sportchilariga e’tibor va qo‘llab-quvvatlash

Nurafshon shahridagi sport maktabida shug‘ullanayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda mashg‘ulotlar uchun zarur sharoitlarni yaxshilash maqsadida sport jihozlari va maxsus sport liboslari topshirildi.

Mazkur tashabbus yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy faollikka keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.


Yaratilayotgan bunday imkoniyatlar yoshlarning muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishi, o‘z mahoratini oshirishi va kelgusida shahar, viloyat hamda respublika miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtirok etishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Nurafshonda yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoitlarni yanada kengaytirish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettiriladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshondagi katta konsertga marhamat!


Nurafshon shahrida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etiladi.

⭐️Tadbirda estradamiz porloq yulduzi Doston Ergashev, Nurafshon shahar Madaniyat markazi ijodiy jamoasi, “Boychechak” bolalar namunali raqs jamoasining ajoyib musiqiy chiqishlari namoyish etiladi.


🎶 Bayram dasturidan betakror kuy-qo‘shiqlar, jo‘shqin raqslar, ijodiy chiqishlar va unutilmas musiqiy lahzalar o‘rin oladi.

📅 Sana: 21-avgust
🕖 Vaqt: 19:00
📍 Manzil: Nurafshon shahri, Nurafshon City hududidagi “O‘zbekiston bog‘i” (Favvora)


❗️Kirish mutlaqo bepul! Barchangizni oila a’zolaringiz va yaqinlaringiz bilan ushbu bayramona musiqiy oqshomga taklif etamiz!

#Mustaqillik_35_yil
#Mustaqillik_to‘yi

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2👎1