Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
48.9K photos
4.81K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram


Nurafshon shahrida bir guruh faollarga "Mustaqillikning 35 yilligi" esdalik nishonlari topshirildi


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Nurafshon sharida Yurtboshimizning tegishli farmoniga muvofiq mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga, hududlar obodligi va xalq farovonligiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarimizning fidokorona mehnati munosib e’tirof etildi.

✔️Tadbirda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov so‘zga chiqib, mustaqillik xalqimiz uchun naqadar ulug‘ va bebaho ne’mat ekanini ta’kidladi. Yurt ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizning jasorati, fidoyiligi va vatanparvarligi bugungi avlod uchun ibrat maktabi ekanini qayd etdi hamda mukofotlanganlarni samimiy muborakbod etdi.


Marosim davomida mamlakatimiz rivojiga o‘zining fidokorona mehnati, tashabbuskorligi va munosib hissasini qo‘shib kelayotgan jamoatchilik faollari, deputatlar, boshqarma va tashkilotlarning bir guruh mas’ullariga “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

✔️Taqdirlanganlar uchun mazkur mukofot mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi va ko‘p yillik samarali mehnatiga berilgan yuksak baho bo‘ldi. Ular bildirilgan ishonch va e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida ham o‘z faoliyatlarini yanada mas’uliyat bilan davom ettirishlarini ta’kidladilar.


E’tirof etilgan mehnat — yangi tashabbuslar va ezgu maqsadlar sari muhim rag‘batdir.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥1👏1🤝1


FOTOREPORTAJ: Nurafshon shahrida bir guruh faollarga "Mustaqillikning 35 yilligi" esdalik nishonlari topshirildi

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1👏1👌1