Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
48.9K photos
4.81K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram


Nurafshonda gaz ta’minoti tizimini yaxshilash ishlari davom etmoqda


💠Nurafshon shahrida aholi xonadonlarini tabiiy gaz bilan barqaror va xavfsiz ta’minlash, mavjud gaz tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash hamda iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

✔️Jumladan, “Oybek” MFY, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi hududida mavjud gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar gaz tarmog‘ining texnik holatini yaxshilash va kelgusida iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.

✔️Shuningdek, “Degantepa” MFY hududidagi aholi xonadonlariga gaz bosimini me’yorida ushlab turish va gaz ta’minoti xavfsizligini ta’minlash maqsadida regulyatorlar o‘rnatilmoqda.


Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar hududdagi gaz ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash, mavjud tarmoqlarning ishonchliligini oshirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook✔️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1👌1


Nurafshon shahar Xalq qabulxonasi binosida o'tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvali

🔸Aholi murojaatlarini hal etishda yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-mart sanasida «Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalarda» o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlaridan kelib chiqib, Nurafshon shahar hokimi va hokimning barcha o‘rinbosarlari tomonidan har haftada Xalq qabulxonasi binosida shaxsiy qabullar o‘tkazilishi belgilandi.


🌀Mazkur muntazam ravishda tashkil etiladigan shaxsiy qabullar tuman fuqarolarida yuzaga kelayotgan turli muammolarni joyida o‘rganish, ularni qisqa muddatlarda samarali hal etish va ijrosini ta’minlashda mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
50 trillion so‘mlik 163 ta obyekt: Prezidentimiz eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida yangi quvvatlarni ishga tushirdi.

163 объекта на 50 триллионов сумов: Президент нашей страны ввел новые мощности по случаю самого великого, самого дорогого праздника.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔥1
"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan Ko'chmas mulklarni sotib oling!

🔹Nurafshon shahrida 20 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshiradi.

Сегодня в резиденции «Куксарой» Президент Шавкат Мирзиёев вручит государственные награды по случаю 35-й годовщины независимости нашей страны.

Facebook|Instagram|X
3🔥1


Nurafshonda elektr tarmoqlarini yangilash ishlari olib borilmoqda

Nurafshon shahrida elektr energiyasi ta’minotining barqarorligini oshirish, mavjud elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda aholi xonadonlarini sifatli va ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida hududlarda amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

🔘Xususan, “Hurriyat” MFY hududida elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash doirasida transformator ustunlarini o‘rnatish hamda yangi SIP kabellarini tortish ishlari olib borilmoqda.


💠Mazkur ishlar natijasida elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, tarmoqdagi yuklamalarni me’yorlashtirish va elektr energiyasini iste’molchilarga yanada barqaror yetkazib berish imkoniyati kengayadi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
#e’tirof

Ona vatanimizning yuksak mukofotlari o‘z egalariga topshirildi

Xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezidentimizning tegishli Farmonlariga muvofiq, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, xalq manfaati yo‘lida samarali mehnat qilayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.


Shu munosabat bilan Toshkent viloyati hokimligida yuksak mukofotlarni tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimni viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ochib, davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lgan yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etdi. Ularning mamlakatimiz va hududlarimiz taraqqiyoti, xalq farovonligi yo‘lidagi fidokorona mehnatini alohida e’tirof etdi.


Tantanali marosim davomida davlat mukofotlari davlatimiz rahbari nomidan viloyat hokimi tomonidan o‘z egalariga topshirildi.

Shuningdek, viloyat hokimligi jamoasi, faollar, deputatlar, viloyat boshqarma va tashkilotlarining bir guruh masʼullariga "Mustaqillikning 35 yilligi" esdalik nishonlari topshirildi.

Mukofotlanganlar bildirilgan yuksak e’tibor va ishonch uchun samimiy minnatdorlik bildirib, ushbu e’tirof ularni bundan buyon ham o‘z vazifalariga yanada katta mas’uliyat bilan yondashish, xalq farovonligi va yurt taraqqiyoti yo‘lida sidqidildan mehnat qilishga undashini ta’kidladilar.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1