Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
48.9K photos
4.81K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram


Nurafshon shahrida obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda

Nurafshon shahri markazida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan foydalanishga topshirilishi belgilangan yer osti piyodalar yo‘lagi hamda 24/7 ko‘chalarida erta tongdan qizg‘in obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

❗️Ayni paytda hududlarda yakuniy tayyorgarlik ishlari bajarilib, atrof-muhit chiqindilardan tozalanmoqda, yashil hududlar kengaytirilib, gul ko‘chatlari va manzarali daraxtlar ekilmoqda.


Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilayotgan mazkur bunyodkorlik ishlari shaharning zamonaviy qiyofasini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay va obod muhit yaratish, shuningdek, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan.

Nurafshon shahrida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
📣 МУҲИМ ЭЪЛОН: 27 АВГУСТ КУНИ (БУГУН) ХАЛҚ БАНКИ САЙЁР КАССАЛАРИ ИШЛАЙДИ

📣 Август ойи учун пенсия маблағларини нақд пул шаклида ҳали олмаган пенсионерлар диққатига!

✔️ Мустақиллигимизнинг 35 йиллик байрами муносабати билан пенсия тўловларини ўз вақтида етказиб бериш мақсадида 27 август куни АТ "Халқ банки"нинг Сайёр кассалари тўлиқ иш куни тартибида фаолият юритади.

✔️ Шу муносабат билан, август ойи пенсия маблағларини ҳали олмаган пенсионерлар 27 август куни (бугун) Сайёр кассалар орқали пенсия маблағларини олишлари мумкин.

🛫 Ушбу хабарни пенсиясини ҳали олмаган пенсионер яқинларингизга юбориб қўйинг.

Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Nurafshon shahar Xalq deputatlari Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhiga ochiq tanlov e'lon qilinadi

Yoshlar maslahat guruhi nima? — Bu yoshlarning mahalliy boshqaruvdagi ishtirokini ta’minlash, ularning muammolari va takliflarini Kengash deputatlariga yetkazish uchun tuzilgan maslahat organidir.

❗️ Kimlar ishtirok etishi mumkin? — 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan faol yoshlar, shahar hududida yashovchi, o‘quvchi, talaba yoki ishlovchilar, jamoada ishlashga va yangi g‘oyalarni ilgari surishga tayyor nomzodlar.


Xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan yoshlarning ishtiroki alohida qo‘llab-quvvatlanadi!

📝 Ariza topshirish:
🗓 Muddat: 18-sentyabrgacha.
🔹 Aizani
@YMG_arizalar_qabuli_bot orqali topshirasiz.

💡 Savollaringiz bormi?
Axborot uchrashuvimizga keling:
📅 Sana: 22-23-sentyabr .
🕒 Vaqt: 10:00 dan 12:00 gacha.
📍 Joy: Yoshlar markazi.


KELAJAGINGIZNI BUGUN BIZ BILAN BIRGA QURING! 🚀

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Oilalarni mustahkamlash — ustuvor vazifa


Nurafshon shahrida ajrim yoqasiga kelib qolgan yosh oilalarni yarashtirish, oilaviy nizolarni bartaraf etish hamda oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish maqsadida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

❗️Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari N. Djumanova so‘zga chiqib, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini ekanini, oilaning mustahkamligi esa jamiyat barqarorligining muhim omili hisoblanishini ta’kidladi. Shuningdek, oilalarda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va sog‘lom muhitni qaror toptirish muhim vazifa ekanini qayd etdi.


Uchrashuvda tegishli tashkilot va mutasaddilar ishtirok etib, oilaviy nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash hamda farzandlar tarbiyasiga oid masalalar yuzasidan zarur tavsiya va tushuntirishlar berdi.

❗️Tadbir davomida jami 13 ta ajrim yoqasidagi oila qamrab olindi. Olib borilgan suhbat va tushuntirish ishlari natijasida 6 ta oila yarashtirildi. Eng muhimi, yarashtirilgan oilalardagi 14 nafar farzandning ota-ona mehridan ayrilmasligi, to‘laqonli oilada tarbiya topishi uchun muhim qadam tashlandi.


Bunday profilaktik uchrashuvlar oilalar barqarorligini ta’minlash, ajrimlarning oldini olish, farzandlar manfaatlarini himoya qilish va jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31


Nurafshon shahrida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi


Nurafshon shahrida aholi murojaatlarini bevosita o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarni mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqish maqsadida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

✔️Sayyor qabulga Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchilik qildi. Unda shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev, hokim o‘rinbosarlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tashkilot hamda korxonalar rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.


💠Muloqot davomida fuqarolar tomonidan uy-joy va kommunal xizmatlar, yer va kadastr, yo‘l va infratuzilma, ijtimoiy himoya, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, bandlik hamda boshqa yo‘nalishlardagi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

✔️Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, mas’ullarga muammolarni hal etish bo‘yicha aniq vazifa va topshiriqlar berildi. Ye­chimi bevosita joyida ta’minlanishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

✔️Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar esa tegishli tashkilotlarga biriktirilib, ularning ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olindi.


Bunday sayyor qabullar aholining murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, muammolarni ortga surmasdan hal etish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1