Nurafshon shahri hokimligi
3.19K subscribers
48.9K photos
4.81K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram


FOTOREPORTAJ: Nurafshon shahrida bir guruh faollarga "Mustaqillikning 35 yilligi" esdalik nishonlari topshirildi

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61🔥1👏1👌1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahrida Toshkent viloyati Pedagogik mahorat markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Zamonaviy sharoitlar, keng imkoniyatlar va ustozlar uchun yaratilgan yangi muhit haqida batafsil reportajni tomosha qiling.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Vatan ravnaqi yo‘lidagi mehnat — yuksak e’tirofga munosib


🇺🇿 Istiqlol shodiyonasi arafasida Prezidentimizning tegishli Farmoniga muvofiq, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, hududlar obodligi, xalq farovonligini ta’minlash hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarimizning fidokorona mehnati yuksak e’tirof etildi.

Kuni kecha Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda davlat mukofotlari va “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik nishonlari o‘z egalariga topshirildi. Taqdirlanganlar orasida Nurafshon shahri vakillari ham bor.

✔️ Jumladan, Nurafshon shahar hokimi Qobil Muratkulovich Xamdamov mamlakatimiz va Toshkent viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga, hududlar obodligi va aholi farovonligini ta’minlashga, xususan, Nurafshon shahrini yanada obod va zamonaviy shaharga aylantirish, shahar infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasidagi faoliyati uchun “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

✔️Shuningdek, Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Dadamatova Gavhar Maxamadaliyevna aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, inson manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi samarali mehnati uchun “Shuhrat” medali bilan;

✔️“Mash’al” ijtimoiy-siyosiy gazetasining bosh muharriri Isroilov Otabek Odiljon o‘g‘li esa jurnalistik faoliyati hamda jamoatchilik hayotidagi faolligi va samarali mehnati uchun “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.


❗️Mazkur yuksak mukofotlar yurtdoshlarimizning Vatan ravnaqi, xalq farovonligi va hudud taraqqiyoti yo‘lidagi ko‘p yillik fidokorona mehnatiga berilgan munosib bahodir.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏1


NURAFSHON SHAHRI: SIFATLI TA’LIM — YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING MUSTAHKAM POYDEVORI!


Nurafshon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan V «Ustozlar milliy forumi» doirasida ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar tashkil etildi.

Forum Nurafshon shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda pedagoglar zamonaviy ta’lim yondashuvlari, samarali metodikalar va ilg‘or tajribalar yuzasidan o‘zaro fikr va tajriba almashdilar.


Tadbir davomida ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish, o‘quvchilarga sifatli va zamonaviy bilim berishda innovatsion usullardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

❗️Forum yakunida ta’lim sohasida samarali mehnat qilib, o‘zining ilg‘or tajribasi, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan alohida ajralib turgan pedagoglar munosib taqdirlandi.

Ziyoli va fidoyi ustozlar — sifatli ta’lim va yurtimiz kelajagining asosiy tayanchidir!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🤝1