Nurafshon shahrida bir guruh faollarga "Mustaqillikning 35 yilligi" esdalik nishonlari topshirildi
✔️ Tadbirda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov so‘zga chiqib, mustaqillik xalqimiz uchun naqadar ulug‘ va bebaho ne’mat ekanini ta’kidladi. Yurt ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizning jasorati, fidoyiligi va vatanparvarligi bugungi avlod uchun ibrat maktabi ekanini qayd etdi hamda mukofotlanganlarni samimiy muborakbod etdi.
Marosim davomida mamlakatimiz rivojiga o‘zining fidokorona mehnati, tashabbuskorligi va munosib hissasini qo‘shib kelayotgan jamoatchilik faollari, deputatlar, boshqarma va tashkilotlarning bir guruh mas’ullariga “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
✔️ Taqdirlanganlar uchun mazkur mukofot mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi va ko‘p yillik samarali mehnatiga berilgan yuksak baho bo‘ldi. Ular bildirilgan ishonch va e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida ham o‘z faoliyatlarini yanada mas’uliyat bilan davom ettirishlarini ta’kidladilar.
E’tirof etilgan mehnat — yangi tashabbuslar va ezgu maqsadlar sari muhim rag‘batdir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1🔥1👏1🤝1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1🔥1👏1👌1