Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
48.9K photos
4.81K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida ma'naviy ma'rifiy tadbir oʻtkazildi.

Birlik mahallasida o'tkazilgan tadbirda yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, xalqimizning birdamligi hamda farovon hayoti uchun shukronalik tuyg‘ularini ifoda etdilar.


🇺🇿 Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, tinchligimiz va farovon kelajagimiz timsolidir!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👱Ишламайдиган турмуш ўртоғингиз учун ижтимоий солиқ тўласангиз унга иш стажи ёзилишини биласизми?

Бугунги кунда жисмоний шахс меҳнатга ҳақ тўлаш тарзидаги ўз даромадларидан турмуш ўртоғи учун ихтиёрий асосда ижтимоий солиқ тўлаши мумкин.

Мазкур ижтимоий солиқ тўланган давр турмуш ўртоғи учун иш стажига ҳисобга олинади.

🔍 Батафсил видеоролик орқали танишишингиз мумкин.

Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Mustaqillik bayrami arafasida saxovat tadbirlari davom etmoqda

Nurafshon shahrida Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, oilalarga ko‘mak ko‘rsatish va bayram shukuhini ular xonadonlariga ham olib kirish maqsadida saxovat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan davlat tomonidan ehtiyojmand fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish va ularning ijtimoiy farovonligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, shahar tadbirkorlari ham xayrli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, jamiyatdagi ijtimoiy mas’uliyatini amaliy ishlar bilan namoyon etmoqda.


Jumladan, “Salohiddin Avto Nurafshon” MChJ rahbari I. Ulikov tomonidan 50 nafar ehtiyojmand oilaning farzandlariga maktab kiyimlari taqdim etildi. Mazkur ezgu tashabbus yangi o‘quv yili arafasida bolajonlarning quvonchiga quvonch qo‘shib, ularning maktabga munosib tayyorgarlik ko‘rishiga ko‘mak bo‘ldi.

Davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ko‘mak va tadbirkorlarning xayriya tashabbuslari uyg‘unlashib, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mehr va saxovat bor joyda — inson qadri ulug‘.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


FARZANDINGIZ TEMIR YO‘L RELSLARI OSTIDA JON BERMASIN! OGOH BO‘LING!


Farzandingiz hayoti — bebaho. Uni temir yo‘l hududidagi xavf-xatardan asrang!

❗️Ayniqsa, voyaga yetmagan bolalarning temir yo‘l izlari yaqinida o‘ynashi, relslarni kesib o‘tishi yoki vagonlarga chiqishi hayot uchun o‘ta xavfli. Ota-onalar, farzandlaringizga temir yo‘lda xavfsizlik qoidalarini tushuntiring. Birgina ehtiyotsizlik ortidan qaytarib bo‘lmaydigan fojiaga yo‘l qo‘ymang!


Ogohlik — hayotni asraydi! Farzandingizni asrang!

❗️❗️❗️Nurafshon shahar hokimligi hamda Toshkent mintaqasi temir yo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi Kuchlik bekatida xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmasi fuqarolarni temir yo‘l hududida belgilangan xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqiradi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


TADORIK — Nurafshonda Istiqlol tantanalariga tayyorgarlik avjida

🇺🇿 Nurafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Bu yilgi tantanalar har yilgidan o‘zgacha shukuh va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tishi kutilmoqda. Boisi bu yil hurriyatimizning 35 yillik to‘yi.

Bayram dasturidan o‘rin oladigan tadbirlar, shahardagi obodonlashtirish ishlari hamda yangi maskanlarning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tayyorgarlik jarayonlari izchil davom etmoqda.

Jumladan, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududidagi mahobatli amfiteatr, Business City majmuasi, balandligi 70 metr bo‘lgan yangi favvora hamda bayram mushakbozligi Istiqlol tantanalarining asosiy kompozitsiyalaridan bo‘lishi kutilmoqda.

Ayni paytda barcha jarayonlar Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev hamda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov nazorati ostida olib borilmoqda.

Mustaqillik bayrami — xalqimizning birdamligi, Vatanga muhabbati va yangi marralar sari intilishining yorqin ifodasidir.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ o‘ttiz besh yillik bayrami katta iftixor va tantana bilan nishonlandi.

C огромной гордостью, торжественно отпраздновано 35-летие независимости нашей священной Родины.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahrida obodonlashtirish xodimlari farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi.

Tafsilotlar “Nurafshon TV” lavhasida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bunyodkorlik

Nurafshonda Markaziy bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasining yangi binosi ochildi

Toshkent viloyatida Markaziy bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasining yangi, zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Markaziy bank raisi Timur Ishmetov, viloyatdagi bank-moliya muassasalari mas’ullari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Qurilish jarayonida zamonaviy me’moriy va muhandislik yechimlari, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, xodimlar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish hamda tashrif buyuruvchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun zarur imkoniyatlarni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Avvalgi ma’muriy binoning hududiy jihatdan nisbatan uzoqda joylashgani tijorat banklari, tadbirkorlar va davlat organlari bilan tezkor hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ayrim noqulayliklarni keltirib chiqarayotgan edi. Yangi binoning markaziy va qulay hududda barpo etilgani esa bu boradagi imkoniyatlarni sezilarli darajada kengaytiradi.

Yangi binoda xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilib, xizmat xonalari, yig‘ilish va muzokaralar zallari hamda boshqa infratuzilma obyektlari zamon talablariga mos ravishda tashkil etilgan.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar binoda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdilar.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1