Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FARZANDINGIZ TEMIR YO‘L RELSLARI OSTIDA JON BERMASIN! OGOH BO‘LING!
Farzandingiz hayoti — bebaho. Uni temir yo‘l hududidagi xavf-xatardan asrang!
❗️ Ayniqsa, voyaga yetmagan bolalarning temir yo‘l izlari yaqinida o‘ynashi, relslarni kesib o‘tishi yoki vagonlarga chiqishi hayot uchun o‘ta xavfli. Ota-onalar, farzandlaringizga temir yo‘lda xavfsizlik qoidalarini tushuntiring. Birgina ehtiyotsizlik ortidan qaytarib bo‘lmaydigan fojiaga yo‘l qo‘ymang!
Ogohlik — hayotni asraydi! Farzandingizni asrang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TADORIK — Nurafshonda Istiqlol tantanalariga tayyorgarlik avjida
Bu yilgi tantanalar har yilgidan o‘zgacha shukuh va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tishi kutilmoqda. Boisi bu yil hurriyatimizning 35 yillik to‘yi.
Bayram dasturidan o‘rin oladigan tadbirlar, shahardagi obodonlashtirish ishlari hamda yangi maskanlarning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tayyorgarlik jarayonlari izchil davom etmoqda.
Jumladan, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududidagi mahobatli amfiteatr, Business City majmuasi, balandligi 70 metr bo‘lgan yangi favvora hamda bayram mushakbozligi Istiqlol tantanalarining asosiy kompozitsiyalaridan bo‘lishi kutilmoqda.
Ayni paytda barcha jarayonlar Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev hamda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov nazorati ostida olib borilmoqda.
Mustaqillik bayrami — xalqimizning birdamligi, Vatanga muhabbati va yangi marralar sari intilishining yorqin ifodasidir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ o‘ttiz besh yillik bayrami katta iftixor va tantana bilan nishonlandi.
—
C огромной гордостью, торжественно отпраздновано 35-летие независимости нашей священной Родины.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
C огромной гордостью, торжественно отпраздновано 35-летие независимости нашей священной Родины.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bunyodkorlik
Nurafshonda Markaziy bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasining yangi binosi ochildi
Toshkent viloyatida Markaziy bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasining yangi, zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi.
Tantanali ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Markaziy bank raisi Timur Ishmetov, viloyatdagi bank-moliya muassasalari mas’ullari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yangi binoda xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilib, xizmat xonalari, yig‘ilish va muzokaralar zallari hamda boshqa infratuzilma obyektlari zamon talablariga mos ravishda tashkil etilgan.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar binoda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdilar.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter🌐 Instagram
Nurafshonda Markaziy bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasining yangi binosi ochildi
Toshkent viloyatida Markaziy bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasining yangi, zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi.
Tantanali ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Markaziy bank raisi Timur Ishmetov, viloyatdagi bank-moliya muassasalari mas’ullari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Qurilish jarayonida zamonaviy me’moriy va muhandislik yechimlari, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, xodimlar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish hamda tashrif buyuruvchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun zarur imkoniyatlarni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Avvalgi ma’muriy binoning hududiy jihatdan nisbatan uzoqda joylashgani tijorat banklari, tadbirkorlar va davlat organlari bilan tezkor hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ayrim noqulayliklarni keltirib chiqarayotgan edi. Yangi binoning markaziy va qulay hududda barpo etilgani esa bu boradagi imkoniyatlarni sezilarli darajada kengaytiradi.
Yangi binoda xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilib, xizmat xonalari, yig‘ilish va muzokaralar zallari hamda boshqa infratuzilma obyektlari zamon talablariga mos ravishda tashkil etilgan.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar binoda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida bayram tadbiri o‘tkazildi
Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni tibbiyot birlashmasi rahbari M.M. Peltabayeva ochib berdi.
Tadbir davomida tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning kam ta’minlangan va yolg‘iz ayollar oilalaridan bo‘lgan 50 nafar farzandiga kasaba uyushmasi tomonidan o‘quv qurollari jamlanmasi topshirildi.
Shuningdek, Olmaliq shahrida tibbiyot xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan Gimnastrada musobaqasida faol ishtirok etgan 10 nafar hamshiraga kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi
Tadbir yakunida barcha tibbiyot xodimlari Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etildi. Bayramona kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥1