Nurafshon shahri hokimligi
3.19K subscribers
48.9K photos
4.81K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ o‘ttiz besh yillik bayrami katta iftixor va tantana bilan nishonlandi.

C огромной гордостью, торжественно отпраздновано 35-летие независимости нашей священной Родины.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahrida obodonlashtirish xodimlari farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi.

Tafsilotlar “Nurafshon TV” lavhasida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bunyodkorlik

Nurafshonda Markaziy bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasining yangi binosi ochildi

Toshkent viloyatida Markaziy bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasining yangi, zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Markaziy bank raisi Timur Ishmetov, viloyatdagi bank-moliya muassasalari mas’ullari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Qurilish jarayonida zamonaviy me’moriy va muhandislik yechimlari, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, xodimlar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish hamda tashrif buyuruvchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun zarur imkoniyatlarni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Avvalgi ma’muriy binoning hududiy jihatdan nisbatan uzoqda joylashgani tijorat banklari, tadbirkorlar va davlat organlari bilan tezkor hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ayrim noqulayliklarni keltirib chiqarayotgan edi. Yangi binoning markaziy va qulay hududda barpo etilgani esa bu boradagi imkoniyatlarni sezilarli darajada kengaytiradi.

Yangi binoda xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilib, xizmat xonalari, yig‘ilish va muzokaralar zallari hamda boshqa infratuzilma obyektlari zamon talablariga mos ravishda tashkil etilgan.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar binoda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdilar.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida bayram tadbiri o‘tkazildi

Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni tibbiyot birlashmasi rahbari M.M. Peltabayeva ochib berdi.

Tadbir davomida tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning kam ta’minlangan va yolg‘iz ayollar oilalaridan bo‘lgan 50 nafar farzandiga kasaba uyushmasi tomonidan o‘quv qurollari jamlanmasi topshirildi.

Shuningdek, Olmaliq shahrida tibbiyot xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan Gimnastrada musobaqasida faol ishtirok etgan 10 nafar hamshiraga kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi

Tadbir yakunida barcha tibbiyot xodimlari Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etildi. Bayramona kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan kelgan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modini kutib oldi.

Президент Шавкат Мирзиёев встретил Премьер-министра Индии Нарендру Моди, прибывшего с государственным визитом.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X