Diqqat, Tanlov!
🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi “Jonajon oʻzbek tilim” tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
• oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot;
• oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot;
• oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar;
• davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material;
• oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik;
• oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish;
• oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish.
⚠️ Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (namuna: Ismi, otaismi, familiyasi, ish joyi yoki o‘qish joyi) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda 20-avgustdan 20-sentabrgacha yuborishlari lozim.
Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
• Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi
(Manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 21A);
• @Jonajontilim_bot telegram boti;
• Uz_til_jamgarma@umail.uz elektron pochtasi.
G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Mukofotlar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi.
✈️ Telegram | ™️ Facebook | 📺 Youtube
Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
• oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot;
• oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot;
• oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar;
• davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material;
• oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik;
• oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish;
• oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish.
Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
• Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi
(Manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 21A);
• @Jonajontilim_bot telegram boti;
• Uz_til_jamgarma@umail.uz elektron pochtasi.
G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Mukofotlar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ko‘riklar o‘tkazildi
Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan “Nurafshon Dehqon bozori” MCHJ hududida yong‘inlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida profilaktik ko‘riklar o‘tkazildi.
Ko‘rik davomida yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YOSHLAR BILAN MULOQOT: MUAMMOGA — YECHIM, TASHABBUSGA — KO‘MAK
Nurafshon shahrida yoshlar bilan ishlashning manzilli tizimi doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✅ Muloqotda shahar hokimi Qobil Xamdamov, shahar IIB boshlig‘i Azizjon Yuldashev, shahar prokurori To‘lqin Karimov hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvning asosiy e’tibori yoshlarni qiynayotgan masalalarni shunchaki tinglash emas, balki har bir murojaat bo‘yicha aniq chora belgilashga qaratildi.
Yoshlar tomonidan tadbirkorlikni boshlash, mavjud faoliyatni kengaytirish, ishga joylashish, kasb o‘rganish, moliyaviy ko‘mak va imtiyozlardan foydalanish kabi qator masalalar ko‘tarildi.
Murojaatlar tegishli mutasaddilar bilan birgalikda ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar yuzasidan joyida zarur topshiriqlar berildi. Yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
Shuningdek, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda turli salbiy ta’sirlardan himoya qilish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
❗️Muhimi, har bir murojaat — e’tiborda, har bir tashabbus — qo‘llab-quvvatlovda.
Bunday uchrashuvlar yoshlar va mas’ullar o‘rtasidagi bevosita muloqotni mustahkamlab, mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish imkonini bermoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1