Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Natija va mas’uliyat: Prezident videoselektorida berilgan vazifalar ijrosi qat’iy belgilab olindi
Nurafshon shahrida kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish hamda Prezident videoselektorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishga Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov raislik qildi. Unda mahalla yettiligi a’zolari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda shu vaqtgacha amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Xususan, hisobotlarni yopish maqsadida ko‘rsatkichlarni sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatish, raqamlarni qo‘shib yozish kabi holatlarga yo‘l qo‘yilayotgani keskin qoralandi.
Shuningdek, imtiyozli kreditlar yo‘nalishida belgilangan rejalarni bajarmaslik va mavjud kredit resurslaridan to‘liq foydalana olmaslik holatlari jiddiy tanqid qilindi.
✅ Mas’ullarga Prezident videoselektorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, har bir mahalla kesimida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholini daromadli faoliyatga jalb etish, kredit resurslarini o‘z vaqtida o‘zlashtirish hamda belgilangan ko‘rsatkichlarni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.
Yig‘ilish yakunida topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullar, muddatlar va kutilayotgan natijalar qat’iy belgilab olindi.
Bunda asosiy mezon — qog‘ozdagi raqamlar emas, aholi hayotida aks etadigan real natija bo‘lishi ta’kidlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Inklyuziv ta’lim Iforzodaga yangi imkoniyat eshigini ochdi
Nurafshon shahrida yashovchi Iforzoda Raxmatullayeva alohida ta’lim ehtiyojlariga ega. Onasining eng katta istagi esa qizining tengdoshlari bilan birga ta’lim olishi, ular qatori o‘qib, ulg‘ayishi edi.
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tavsiyasi asosida Iforzoda 26-sonli umumta’lim maktabiga qabul qilindi.
Quvonarlisi, u avval inklyuziv ta’lim guruhida birga tarbiyalangan bog‘chadagi do‘stlari bilan endi bir sinfda o‘qishni boshladi.
Bugun Iforzoda maktabga xursand bo‘lib kelmoqda, tengdoshlari bilan birga darslarda qatnashib, muloqot qilmoqda va yangi bilimlarni o‘zlashtirmoqda.
Inklyuziv ta’lim — bolaga shunchaki maktab eshigini ochish emas. Bu unga tengdoshlari orasida o‘z o‘rnini topish, birga o‘qish va kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yish imkonini yaratishdir.
🎬 Tafsilotlar videolavhada.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_qahramon
Nurafshon shahar “Degantepa” mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyatiga nazar.
✅ Telegram 🌐 Instagram 📹 YouTube✅ Facebook
Nurafshon shahar “Degantepa” mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyatiga nazar.
Qahramonimiz faoliyati, qayd etgan natijalarini batafsil videoda tomosha qiling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoqilg‘i quyish shoxobchalarida xavfsizlik talablari kuchaytirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi 315-son qarori — “Yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida avariya va noxush hodisalarning oldini olish va inson hayotiga xavf soluvchi omillarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori bilan mazkur obyektlarda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan yangi talablar belgilandi.
Qarorga ko‘ra, yoqilg‘i quyish va gaz to‘ldirish shoxobchalarida yong‘in, sanoat, texnik hamda ekologik xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilishi ta’minlanadi.
Shuningdek, eskirgan va foydalanish muddati tugagan uskunalardan foydalanish cheklanadi, mutaxassislarning malakasiga qo‘yiladigan talablar kuchaytiriladi hamda gaz shoxobchalarida “U-Gaz” tizimi orqali nazorat va hisob-kitoblar raqamlashtiriladi.
Mazkur chora-tadbirlarning asosiy maqsadi — avariya va noxush hodisalarning oldini olish, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda shoxobchalarda xavfsiz faoliyatni ta’minlashdir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida profilaktik tadbirlar
Tadbirlar davomida mazkur obyektlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅ Shuningdek, ishchi-xizmatchilarga avariya va boshqa noxush holatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish, xavfsizlik choralarini ko‘rish hamda favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida tegishli xizmatlarga tezkor xabar berish tartiblari bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda.
Targ‘ibot tadbirlari doirasida favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni bartaraf etish, shuningdek, xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida o‘quv mashqlari va amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilmoqda
Kuni kecha davlat rahbari raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda hududlarda aholi turmush sharoitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash hamda mavjud muammolarni mahallabay va xonadonbay yondashuv asosida hal etish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda ushbu vazifalarni amalga oshirishda mahalla yettiligining o‘rni, mas’uliyati va shaxsiy daxldorligi muhim ekani ta’kidlanib, har bir mahallada aholining muammolarini chuqur o‘rganish va ularni amaliy hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
✅ Mazkur yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mahalla yettiligi a’zolarining shaxsiy mas’uliyati va daxldorligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Nurafshon shahar bo‘limi boshlig‘i Z. Maqsudova bugun erta tongdan Dehqonobod, Qumariq, To‘ytepa, Evalak hamda Muqimiy mahallalarida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida mahallalarda obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolar bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM