Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Bundan ilgariroq G‘.Mirzayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Мирзаев Гафуржон Ганиевич назначен на должность заместителя Премьер-министра Республики Узбекистан – председателя Ассоциации махаллей Узбекистана и в связи с этим освобожден от должности советника Президента Республики Узбекистан по кадровым вопросам.
Ранее кандидатура Г.Мирзаева была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.
Facebook|Instagram|X
Bundan ilgariroq G‘.Mirzayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Мирзаев Гафуржон Ганиевич назначен на должность заместителя Премьер-министра Республики Узбекистан – председателя Ассоциации махаллей Узбекистана и в связи с этим освобожден от должности советника Президента Республики Узбекистан по кадровым вопросам.
Ранее кандидатура Г.Мирзаева была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.
Facebook|Instagram|X
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tafsilot
Eski To‘ytepadan — yangi Nurafshongacha.
Kecha va bugun. Kechagi qiyofa va bugungi o‘zgarishlar. Nurafshonning yangilanish yo‘li — raqamlar va bunyodkorlik bilan emas, avvalo, insonlar hayotidagi o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘lmoqda.
Tafsilotlar “O'zbekiston 24” telekanalining "Kim edigu, kim bo‘ldik?" ko‘rsatuvida.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter🌐 Instagram
Eski To‘ytepadan — yangi Nurafshongacha.
Kecha va bugun. Kechagi qiyofa va bugungi o‘zgarishlar. Nurafshonning yangilanish yo‘li — raqamlar va bunyodkorlik bilan emas, avvalo, insonlar hayotidagi o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘lmoqda.
Tafsilotlar “O'zbekiston 24” telekanalining "Kim edigu, kim bo‘ldik?" ko‘rsatuvida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
Hokimlik soatida dolzarb masalalar muhokama qilindi
Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati” bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosini ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish hamda 12 ta indikator bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini tahlil qilish masalalari o‘rin oldi.
✅ Shuningdek, shahardagi ijtimoiy obyektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, aholini ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash, ko‘p qavatli uy-joylarni mavsumga tayyorlash, aholi murojaatlari bilan ishlash, “Tashabbusli budjet” dasturi doirasidagi loyihalar hamda mahallalarga berilgan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida bajarilgan ishlarni hisobotga qo‘shib yozish, ma’lumotlarni soxtalashtirish va amalda bajarilmagan ishlarni bajarilgan sifatida ko‘rsatish holatlari keskin qoralandi. Mas’ullarga har bir ko‘rsatkich va hisobotning haqqoniyligi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatildi.
❗️Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish hamda mas’ul rahbarlarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Нурафшон_шахар_СЕНТЯБР_ОЙИ_ВАКАНЦИЯСИ_2.xlsx
37.5 KB
Nurafshon shahar hokimligi ishsiz fuqarolarni shahardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga taklif etadi
Hurmatli fuqarolar!
Agar siz ayni paytda ish izlayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizning mutaxassisligingiz, malakangiz va qiziqishlaringizga mos bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.
✅ Shuningdek, ishga joylashish masalasida qo‘shimcha ma’lumot olish yoki amaliy ko‘makka ehtiyoj sezsangiz, yashash hududingizdagi hokim yordamchisi yoki mahalla yettiligi a’zolariga murojaat qilishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayni paytda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 27-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Deputatlar sessiya kun tartibiga muvofiq bir qator muhim masalalarni ko‘rib chiqib, muhokama qilmoqdalar.
Sessiyani quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.👇🏻👇🏻👇🏻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Inson qadri uchun: Nurafshonda ehtiyojmand bemorlar davlat ko'magida davolanmoqda
Toshkent viloyati hokimining 2026-yil 24-avgustdagi farmoyishiga muvofiq, ehtiyojmand bemorlarda endoprotezlash operatsiyalarini o‘tkazish hamda zarur tibbiy vositalarni xarid qilish uchun viloyat byudjetidan 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratilgan edi.
✅ Mazkur imkoniyatdan Nurafshon shahrining Obod mahallasida yashovchi Mavjuda Bahromova ham foydalanmoqda. Unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish, endoprotezlash amaliyotini o‘tkazish va davolash jarayonlari boshlandi.
Mazkur bemorning davolanishi davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilmoqda. Bu kabi amaliy ko‘maklar ehtiyojmand fuqarolarning salomatligini tiklash va ularning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2👏1🤝1
Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Bugun xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hayotiga oid muhim masalalar, hududni rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
✅ Sessiya avvalida tegishli saylov okruglarida o‘tkazilgan saylov yakunlari ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, 13-“Yoshlik” saylov okrugidan Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, 15-“Birlik” saylov okrugidan esa shahar mahallalar uyushmasi rahbari Zulfiya Maqsudova deputat etib saylangani e’tirof etildi.
Yangi saylangan deputatlarga deputatlik guvohnomasi hamda ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Shundan so‘ng sessiya kun tartibidagi boshqa masalalar muhokamasiga o‘tildi.
Xususan, shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining 2026-yil I va II choraklarida mahalliy budjet parametrlari ijrosi yuzasidan hisoboti tinglandi. Shuningdek, yilning 2-mavsumida “Fuqarolar tashabbuslari” jamg‘armasi hisobidan g‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish hamda mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan mablag‘larni yo‘naltirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan fikr va takliflar bildirilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1