Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
49.3K photos
4.87K videos
69 files
14.2K links
Download Telegram
#tuhfa

Nurafshon shahrida yana bir zamonaviy sport maskani foydalanishga topshirildi

Nurafshon shahrining Dehqonobod mahallasida yangi zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, faollar,  mahalla jamoatchiligi hamda yoshlar ishtirok etdi.

Yangi sport maydonchasi mahalla aholisining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va iqtidorli sportchilarni saralab olish uchun muhim imkoniyat yaratadi.
Tadbir davomida ushbu maskanda har shanba kuni turli sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari, sog‘lomlashtirish tadbirlari va yoshlar o‘rtasida bellashuvlar o‘tkazib borilishi belgilandi.
Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash hamda aholining sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan Ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Nurafshon shahrida 508 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahridagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Tadbirlarda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov ishtirok etib, ustoz va o‘quvchilarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan tabrikladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bayram tabrigini yetkazdi.


Shuningdek, o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar, ustozlarga esa sharafli va mas’uliyatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.

Tafsilotlar “Nurafshon TV” lavhasida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Suyanchig‘im yo‘q, deb o‘ylardim. Bugun angladimki, suyanchimiz — Vatanimiz, Prezidentimiz ekan...

Nurafshonlik Asal Hamdamova bu yil davlatimiz tomonidan xotin-qizlar uchun yaratilgan imtiyozdan foydalanib, O‘zbekiston davlat yuridik universitetiga davlat granti asosida talabalikka qabul qilindi.

Ushbu imkoniyat Asalning ko‘ngliga qanot, kelajakka bo‘lgan ishonchiga esa katta kuch bag‘ishladi. Endi u oldiga ulkan maqsadlar qo‘yib, kelajakda yurtimizga munosib mutaxassis bo‘lishni niyat qilgan.

Bu imkoniyat, uning hayotidagi burilish va kelajakdagi rejalari haqida qahramonimizning o‘zidan eshiting.

❗️Mazkur o‘quv yilida Nurafshon shahrida 3 nafar xotin-qiz davlatimiz tomonidan yaratilgan mazkur imtiyozdan foydalanib, nufuzli oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida talabalikka qabul qilindi.


Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


🎥 Ayni vaqtda O‘zbekiston 24 hamda Nurafshon TV telekanallari ijodkorlari hamkorligida Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalardan biri — “DA SHUN GROUP” Xitoy investitsiyasi ishtirokidagi qurilish texnoparki faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv suratga olinmoqda.

Tasvirga olish jarayonida texnoparkning tashkil etilishi, ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologiyalar, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari hamda loyihaning shahar iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdagi ahamiyati keng yoritilmoqda.


Maxsus ko‘rsatuv orqali tomoshabinlarga Nurafshon shahrida xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish va zamonaviy sanoat infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA:  Nurafshon ortga qaytmas islohotlar markazida.

Tafsilotlar “O'zbekiston 24” telekanali lavhasida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA:  Kecha kim edik, bugun kim bo‘ldik?!

Eski To‘ytepadan — yangi Nurafshongacha.

Kecha va bugun. Kechagi qiyofa va bugungi o‘zgarishlar. Nurafshonning yangilanish yo‘li — raqamlar va bunyodkorlik bilan emas, avvalo, insonlar hayotidagi o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘lmoqda.

Tafsilotlar “O'zbekiston 24” telekanali lavhasida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3