Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
49.3K photos
4.87K videos
69 files
14.2K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Inson qadri uchun: Nurafshonda ehtiyojmand bemorlar davlat ko'magida davolanmoqda


Toshkent viloyati hokimining 2026-yil 24-avgustdagi farmoyishiga muvofiq, ehtiyojmand bemorlarda endoprotezlash operatsiyalarini o‘tkazish hamda zarur tibbiy vositalarni xarid qilish uchun viloyat byudjetidan 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratilgan edi.

Mazkur imkoniyatdan Nurafshon shahrining Obod mahallasida yashovchi Mavjuda Bahromova ham foydalanmoqda. Unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish, endoprotezlash amaliyotini o‘tkazish va davolash jarayonlari boshlandi.

Mazkur bemorning davolanishi davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilmoqda. Bu kabi amaliy ko‘maklar ehtiyojmand fuqarolarning salomatligini tiklash va ularning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

❗️E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadri yo‘lidagi ezgu amaliy ishlarning yorqin ifodasidir.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32👏1🤝1


Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi


Bugun xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hayotiga oid muhim masalalar, hududni rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Sessiya avvalida tegishli saylov okruglarida o‘tkazilgan saylov yakunlari ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, 13-“Yoshlik” saylov okrugidan Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, 15-“Birlik” saylov okrugidan esa shahar mahallalar uyushmasi rahbari Zulfiya Maqsudova deputat etib saylangani e’tirof etildi.


Yangi saylangan deputatlarga deputatlik guvohnomasi hamda ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Shundan so‘ng sessiya kun tartibidagi boshqa masalalar muhokamasiga o‘tildi.

Xususan, shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining 2026-yil I va II choraklarida mahalliy budjet parametrlari ijrosi yuzasidan hisoboti tinglandi. Shuningdek, yilning 2-mavsumida “Fuqarolar tashabbuslari” jamg‘armasi hisobidan g‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish hamda mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan mablag‘larni yo‘naltirish masalalari ko‘rib chiqildi.

❗️Sessiya davomida obodonlashtirish va maishiy chiqindi xizmatlari uchun to‘lov tariflarini tasdiqlash, “Yangiobod” MFY hududida soya-salqin sayr ko‘chalarini barpo etish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash masalalari ham muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan fikr va takliflar bildirilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!


Ertaga 8-sentabr kuni soat 10:00 da Nurafshon shahar "Taraqqiyot" MFY binosida, Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi vakillari, shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan hududdagi ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkaziladi.

❗️Barcha ish qidirayotgan ishsiz aliment to'lovchi fuqarolar, yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, shuningdek kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.


Ish izlayotgan barcha fuqarolarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chaqiramiz!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: elektr tarmoqlari modernizatsiya qilinmoqda


Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash hamda iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida elektr tarmoqlarida ta’mirlash va modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.

🔹 Yangiobod MFY hududidagi TP-963 transformator punktida beton ustunlarga SIP kabellar tortilmoqda. Shuningdek, 12-sonli ko‘p qavatli uy hududida shikastlangan elektr simlarini modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

🔹 Navro‘z MFY hududida TP-189, 250 kVA quvvatli transformatorning mavjud yuklamasini kamaytirish va elektr ta’minotini yanada barqarorlashtirish maqsadida qo‘shimcha 250 kVA quvvatga ega TP-140 transformatorini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.


❗️Mazkur chora-tadbirlar kuz-qish mavsumida elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ortiqcha yuklamalarning oldini olish, tarmoqlarning ishonchliligini oshirish va aholi xonadonlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA:  Nurafshon — taraqqiyot yo‘li yangi, tarixi qadim shahar

Bugun jadal rivojlanib, zamonaviy qiyofaga ega bo‘lib borayotgan Nurafshonning tarixi ham o‘ziga xos va boy.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati hamda O‘zbekiston tarixi telekanali hamkorligida shahardagi qadimiy qadamjolardan biri — “Mushuk ota” ziyoratgohi tarixiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv suratga olindi.


❗️Ko‘rsatuv orqali Nurafshonning bugungi taraqqiyoti ortida turgan qadimiy tarixiga nazar solamiz.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan Davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Nurafshon shahrida 10 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎1


Nurafshon dehqon bozorida tartib va xavfsizlik masalalari o‘rganildi


Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, shahar prokurori To‘lqin Karimov hamda shahar IIB boshlig‘i Azizbek Yuldashev ishtirokida Nurafshon dehqon bozoridagi mavjud holat o‘rganildi.

✔️O‘rganish davomida bozordagi narx-navo, xaridorlar va sotuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, savdo tartibi, jamoat xavfsizligi hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

✔️Shuningdek, noqonuniy savdoning oldini olish, savdo faoliyatini tartibga solish va soliq tushumlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Jarayon davomida aholi va savdogarlar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi.
O‘rganishda kadastr, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ullari ham ishtirok etdi.

❗️Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bozorda tartib-intizom va xavfsizlikni mustahkamlash, savdogarlar hamda xaridorlar uchun qulay sharoitlarni yaxshilash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi. Ularning ijrosi nazoratga olindi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1