Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik! Yangi yer osti yo‘li — tirbandlikka yechim, piyodaga qulaylik
Nurafshon shahri markazida bunyod etilgan yer osti piyodalar yo‘lagi yillar davomida shaharning markaziy qismida kuzatilgan tirbandlik, noqulay harakatlanish va piyodalar xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarga barham bermoqda.
Endilikda piyodalar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratilgan, avtomobillar harakati esa yanada tartibli va uzluksiz tashkil etilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏛 Hurmatli fuqarolar!
🔹Aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish hamda murojaatlarni tezkor va sifatli qabul qilish maqsadida “E’TIROF” AAT (kadastr) bo‘yicha fuqarolar qabuli yo‘lga qo‘yilgan.
🗓 Qabul kuni: Har haftaning chorshanba kuni;
⏰ Vaqti: Soat 11:00 dan 17:00 ga qadar;
🔹Fuqarolarning murojaatlari, taklif va fikrlari belgilangan qabul vaqti davomida atroflicha ko‘rib chiqiladi.
🔹Murojaatlaringiz biz uchun muhim! Inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash — faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishidir.
📌 Toshkent viloyati adliya boshqarmasi,
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mehnat yarmarkasi: fuqarolar ish bilan ta’minlanmoqda
🟣 Mazkur tadbir Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi a’zolari, Nurafshon shahar Adliya bo'limi hamda Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha maxsus shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Mazkur shtabning asosiy vazifasi — har bir oila bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini chuqur o‘rganish va mavjud imkoniyatlarni aniq natijaga yo‘naltirishdan iborat.
Shtab faoliyati doirasida:✔️ kambag‘al va ehtiyojmand oilalar holati mahalla va oila kesimida o‘rganiladi;✔️ ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi;✔️ fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularga mos biznes loyihalarni shakllantirish va moliyaviy imkoniyatlardan foydalanishiga ko‘maklashiladi;✔️ aholi kasb-hunarga o‘qitilib, zamonaviy kasblarga yo‘naltiriladi;✔️ har bir oilaga mos ravishda barqaror daromad manbai yaratish bo‘yicha individual yechimlar ishlab chiqiladi;✔️ banklar, bandlik va iqtisodiy kompleks tashkilotlari bilan hamkorlikda muammolarni joyida hal etish choralari ko‘riladi.
Prezident yig‘ilishida ta’kidlanganidek, kredit ajratishning o‘zi yakuniy natija hisoblanmaydi. Asosiy mezon — ajratilgan mablag‘ hisobiga qancha doimiy ish o‘rni yaratilgani va nechta oila barqaror daromad manbaiga ega bo‘lganidir. Shuningdek, fuqarolarga faqat moliyaviy resurs emas, balki bozor, texnologiya, kasb, biznes-reja va sotuv zanjirini qamrab olgan kompleks yechim taklif etish zarurligi belgilandi.
Nurafshon shahrida ham mazkur shtab faoliyati orqali har bir oilaning muammosini o‘rganishdan tortib, uni barqaror daromad manbaiga ega qilishgacha bo‘lgan jarayon manzilli va natijador tarzda tashkil etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bunyodkorlik
Nurafshonda Koreya bilan hamkorlikda yangi o‘quv-simulyatsiya markazi ochildi
Bugun Nurafshon shahrida Respublika tez tibbiy yordam markazining Toshkent viloyati filiali negizida tez tibbiy yordam xodimlarining amaliy ko‘nikmalarini oshirishga mo‘ljallangan yangi o‘quv-simulyatsiya markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Markaz Koreya Respublikasi hukumatining ODA dasturi hamda Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan grant loyihasi doirasida tashkil etildi.
Aytish mumkinki, markaz Respublika tez tibbiy yordam markazi tizimida Koreya hamkorligida tashkil etilgan oltinchi o‘quv-simulyatsiya markazi bo‘ldi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter🌐 Instagram
Nurafshonda Koreya bilan hamkorlikda yangi o‘quv-simulyatsiya markazi ochildi
Bugun Nurafshon shahrida Respublika tez tibbiy yordam markazining Toshkent viloyati filiali negizida tez tibbiy yordam xodimlarining amaliy ko‘nikmalarini oshirishga mo‘ljallangan yangi o‘quv-simulyatsiya markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Markaz Koreya Respublikasi hukumatining ODA dasturi hamda Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan grant loyihasi doirasida tashkil etildi.
Bu viloyatda tez tibbiy yordam mutaxassislarini zamonaviy simulyatsion texnologiyalar asosida tayyorlash imkonini beradi. Markazda shifokor, feldsher va hamshiralar yurak-o‘pka reanimatsiyasi, og‘ir jarohatlar, insult, o‘tkir yurak-qon tomir holatlari, shoshilinch tug‘ruq kabi kritik vaziyatlarda amaliy ko‘nikmalarini oshiradi.
Aytish mumkinki, markaz Respublika tez tibbiy yordam markazi tizimida Koreya hamkorligida tashkil etilgan oltinchi o‘quv-simulyatsiya markazi bo‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xavfsizlik — e’tibor va mas’uliyatdan boshlanadi.
Nurafshon shahar IIB boshlig‘i A.Yuldashev kriminogen vaziyatga alohida e’tibor qaratilayotgan «Obod turmush» mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi va mas’ul xodimlar bilan uchrashdi.
✔️ Muloqot davomida hududdagi mavjud muammolar, aholi osoyishtaligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, IIB boshlig‘i mahalla hududini aylanib, ko‘cha va jamoat joylaridagi xavfsizlik holatini bevosita o‘rgandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, profilaktik ishlarni kuchaytirish va aholi uchun xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1