Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
49.3K photos
4.87K videos
69 files
14.2K links
Download Telegram


"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan Davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Nurafshon shahrida 10 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎1


Nurafshon dehqon bozorida tartib va xavfsizlik masalalari o‘rganildi


Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, shahar prokurori To‘lqin Karimov hamda shahar IIB boshlig‘i Azizbek Yuldashev ishtirokida Nurafshon dehqon bozoridagi mavjud holat o‘rganildi.

✔️O‘rganish davomida bozordagi narx-navo, xaridorlar va sotuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, savdo tartibi, jamoat xavfsizligi hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

✔️Shuningdek, noqonuniy savdoning oldini olish, savdo faoliyatini tartibga solish va soliq tushumlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Jarayon davomida aholi va savdogarlar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi.
O‘rganishda kadastr, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ullari ham ishtirok etdi.

❗️Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bozorda tartib-intizom va xavfsizlikni mustahkamlash, savdogarlar hamda xaridorlar uchun qulay sharoitlarni yaxshilash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi. Ularning ijrosi nazoratga olindi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik! Yangi yer osti yo‘li — tirbandlikka yechim, piyodaga qulaylik

Nurafshon shahri markazida bunyod etilgan yer osti piyodalar yo‘lagi yillar davomida shaharning markaziy qismida kuzatilgan tirbandlik, noqulay harakatlanish va piyodalar xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarga barham bermoqda.

Endilikda piyodalar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratilgan, avtomobillar harakati esa yanada tartibli va uzluksiz tashkil etilmoqda.

🎥Bu haqda nurafshonliklar nima demoqda? Batafsil videoda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


🏛 Hurmatli fuqarolar!

🔹Aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish hamda murojaatlarni tezkor va sifatli qabul qilish maqsadida “E’TIROF” AAT (kadastr) bo‘yicha fuqarolar qabuli yo‘lga qo‘yilgan.

   
    🗓 Qabul kuni: Har haftaning chorshanba kuni;
 
       Vaqti: Soat 11:00 dan 17:00 ga qadar;


🔹Fuqarolarning murojaatlari, taklif va fikrlari belgilangan qabul vaqti davomida atroflicha ko‘rib chiqiladi.

🔹Murojaatlaringiz biz uchun muhim! Inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash — faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishidir.

📌 Toshkent viloyati adliya boshqarmasi,

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Mehnat yarmarkasi: fuqarolar ish bilan ta’minlanmoqda


Nurafshon shahrining "Taraqqiyot" MFY binosida ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🟣Mazkur tadbir Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi a’zolari, Nurafshon shahar Adliya bo'limi hamda Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.


Mehnat yarmarkasida 14 dan ortiq korxona va tashkilotlar ishtirok etib, fuqarolarga jami 453 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etildi. Tadbirda 43 nafar ishsiz fuqaro qatnashdi. Yakunlarga ko‘ra, 3 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi, yana 5 nafari kasb-hunarga o‘qitish kurslariga yo‘naltirildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshonda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha maxsus shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 3-sentabr kuni “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahrida Xorazm tajribasi asosida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha maxsus shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur shtabning asosiy vazifasi — har bir oila bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini chuqur o‘rganish va mavjud imkoniyatlarni aniq natijaga yo‘naltirishdan iborat.

Shtab faoliyati doirasida:
✔️ kambag‘al va ehtiyojmand oilalar holati mahalla va oila kesimida o‘rganiladi;
✔️ ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi;
✔️ fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularga mos biznes loyihalarni shakllantirish va moliyaviy imkoniyatlardan foydalanishiga ko‘maklashiladi;
✔️ aholi kasb-hunarga o‘qitilib, zamonaviy kasblarga yo‘naltiriladi;
✔️ har bir oilaga mos ravishda barqaror daromad manbai yaratish bo‘yicha individual yechimlar ishlab chiqiladi;
✔️ banklar, bandlik va iqtisodiy kompleks tashkilotlari bilan hamkorlikda muammolarni joyida hal etish choralari ko‘riladi.


Prezident yig‘ilishida ta’kidlanganidek, kredit ajratishning o‘zi yakuniy natija hisoblanmaydi. Asosiy mezon — ajratilgan mablag‘ hisobiga qancha doimiy ish o‘rni yaratilgani va nechta oila barqaror daromad manbaiga ega bo‘lganidir. Shuningdek, fuqarolarga faqat moliyaviy resurs emas, balki bozor, texnologiya, kasb, biznes-reja va sotuv zanjirini qamrab olgan kompleks yechim taklif etish zarurligi belgilandi.

📈Xorazm tajribasida ham aynan har bir mahalla va oilaning imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud resurslarni aniq loyihalar va barqaror ish o‘rinlariga aylantirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Nurafshon shahrida ham mazkur shtab faoliyati orqali har bir oilaning muammosini o‘rganishdan tortib, uni barqaror daromad manbaiga ega qilishgacha bo‘lgan jarayon manzilli va natijador tarzda tashkil etiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1