Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
49.3K photos
4.87K videos
69 files
14.2K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bunyodkorlik

Nurafshonda Koreya bilan hamkorlikda yangi o‘quv-simulyatsiya markazi ochildi

Bugun Nurafshon shahrida Respublika tez tibbiy yordam markazining Toshkent viloyati filiali negizida tez tibbiy yordam xodimlarining amaliy ko‘nikmalarini oshirishga mo‘ljallangan yangi o‘quv-simulyatsiya markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Markaz Koreya Respublikasi hukumatining ODA dasturi hamda Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan grant loyihasi doirasida tashkil etildi.
Bu viloyatda tez tibbiy yordam mutaxassislarini zamonaviy simulyatsion texnologiyalar asosida tayyorlash imkonini beradi. Markazda shifokor, feldsher va hamshiralar yurak-o‘pka reanimatsiyasi, og‘ir jarohatlar, insult, o‘tkir yurak-qon tomir holatlari, shoshilinch tug‘ruq kabi kritik vaziyatlarda amaliy ko‘nikmalarini oshiradi.

Aytish mumkinki, markaz Respublika tez tibbiy yordam markazi tizimida Koreya hamkorligida tashkil etilgan oltinchi o‘quv-simulyatsiya markazi bo‘ldi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Xavfsizlik — e’tibor va mas’uliyatdan boshlanadi.


Nurafshon shahar IIB boshlig‘i A.Yuldashev kriminogen vaziyatga alohida e’tibor qaratilayotgan «Obod turmush» mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi va mas’ul xodimlar bilan uchrashdi.

✔️Muloqot davomida hududdagi mavjud muammolar, aholi osoyishtaligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.


Shuningdek, IIB boshlig‘i mahalla hududini aylanib, ko‘cha va jamoat joylaridagi xavfsizlik holatini bevosita o‘rgandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, profilaktik ishlarni kuchaytirish va aholi uchun xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

❗️Zero, osoyishta mahalla — xavfsiz shahar, xotirjam aholi — barqaror jamiyat demakdir.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston va Serbiya Prezidentlari Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida deklaratsiyani imzoladilar.

Президенты Узбекистана и Сербии подписали Декларацию об установлении отношений стратегического партнерства.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Состоялась церемония награждения Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева высшей государственной наградой Сербии – Орденом Республики Сербия на Большой цепи.

#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #mukofot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Президент Шавкат Мирзиёев награжден высшей государственной наградой Сербии.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA:  Nurafshon shahridagi Qumariq mahallasi Prezidentning PQ–49-son qarori asosida "og‘ir mahalla" sifatida tanlab olinib, aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va infratuzilmani yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tafsilotlar “O'zbekiston 24” telekanali lavhasida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahar Xalq qabulxonasi binosida o'tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvali

🔸Aholi murojaatlarini hal etishda yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-mart sanasida «Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalarda» o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlaridan kelib chiqib, Nurafshon shahar hokimi va hokimning barcha o‘rinbosarlari tomonidan har haftada Xalq qabulxonasi binosida shaxsiy qabullar o‘tkazilishi belgilandi.


🌀Mazkur muntazam ravishda tashkil etiladigan shaxsiy qabullar tuman fuqarolarida yuzaga kelayotgan turli muammolarni joyida o‘rganish, ularni qisqa muddatlarda samarali hal etish va ijrosini ta’minlashda mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Нурафшон_шахар_СЕНТЯБР_ОЙИ_ВАКАНЦИЯСИ_2.xlsx
37.5 KB


Nurafshon shahar hokimligi ishsiz fuqarolarni shahardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga taklif etadi

Hurmatli fuqarolar!
Agar siz ayni paytda ish izlayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizning mutaxassisligingiz, malakangiz va qiziqishlaringizga mos bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, ishga joylashish masalasida qo‘shimcha ma’lumot olish yoki amaliy ko‘makka ehtiyoj sezsangiz, yashash hududingizdagi hokim yordamchisi yoki mahalla yettiligi a’zolariga murojaat qilishingiz mumkin.


❗️Sizni munosib ish bilan ta’minlash va bandligingizni oshirish yo‘lida hamkorlik qilishga tayyormiz.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha topshiriqlar ijrosi manzilli nazorat qilinmoqda


🇺🇿Prezident raisligida joriy yil 3-sentabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda kambag‘allikni qisqartirish, oilalar daromadini oshirish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.
Yig‘ilishda mahallalarga biriktirilgan vakillar tomonidan tegishli qaror asosida ishlarni tizimli tashkil etish, reyestrga kiritilgan oilalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish hamda har bir kambag‘al oila bilan individual ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kambag‘al oilalar vakillarini doimiy ish bilan ta’minlash, bog‘cha yoshidagi farzandlarini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish, katta yoshdagi farzandlarni turli to‘garaklarga jalb etish, oilalarni faol va tajribali lider tadbirkorlarga biriktirish, fuqarolarning daromadlarini legallashtirish va rasmiylashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.


Shahar shtabi tomonidan belgilangan vazifalarning “mahalla yettiligi” tomonidan bajarilishi holati ham tanqidiy ko‘rib chiqildi. Mas’ullarga mavjud sustkashliklarni bartaraf etish, har bir oila bilan manzilli ishlash va belgilangan topshiriqlarni sifatli hamda o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

❗️Yig‘ilish yakunida mas’ullarga har bir oilaning muammosini aniqlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan individual amaliy choralarni kuchaytirish topshirildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM