Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
49.3K photos
4.87K videos
69 files
14.2K links
Download Telegram


Obod turmush mahallasidagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari


💠Nurafshon shahar "Obod Turmush" MFY Shon Shuhrat ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning podyezdlarini ta’mirlash va hududni obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

✔️Xususan, “Bekzod Servis 777” BSK tomonidan ko‘p qavatli uylar podyezdlarining ichki qismi ta’mirlanib, devor va shiftlar oqlanmoqda, zinapoyalar tartibga keltirilmoqda hamda umumiy foydalanish joylarining holati yaxshilanmoqda.


Shu bilan birga, ko‘p qavatli uylar atrofida sanitariya-tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, to‘planib qolgan chiqindilar, xazonlar hamda daraxt shoxlari maxsus texnikalar yordamida hududdan olib chiqilmoqda.

🔘Mazkur ishlar ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi uchun qulay va ozoda yashash sharoitlarini yaratish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda mahallaning obodligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahrida aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish va muammolarni hal etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda

Tafsilotlar “Nurafshon” telekanali lavhasida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahar kommunal tashkilotlar rahbarlari sayyor qabuliga marhamat

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanadi hamda ularni joyida hal etish boʻyicha zarur choralar koʻriladi.

🗓 Sana: 2026-yil 16 sentyabr
🕙 Vaqt: soat 10:00 da
🏢 Manzil: Nurafshon shahar Birlik mahalla fuqarolar yig’ini binosi.


Barcha fuqarolarni ushbu sayyor qabulda faol ishtirok etishga chaqiramiz.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Iste’molchilarning huquqiy va moliyaviy savodxonligi oshirilmoqda

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2026-yil 26-avgustdagi 209-ICH-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahrining Taraqqiyot va Ma’rifat mahallalarida iste’molchilarning huquqiy bilimlari va moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan seminarlar tashkil etildi.

✔️Tadbirda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mas’ullar, Oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi F. Jumaboyeva, jamoatchilik faollari hamda xotin-qizlar ishtirok etdi.


✔️Seminarlar davomida aholining, xususan, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qiyin vaziyatga tushib qolgan ayollar va uy bekalarining huquqiy bilimlarini oshirish, iste’molchilar amaliyotda ko‘p duch kelayotgan muammoli holatlar yuzasidan tushuntirishlar berishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, shartnomaviy munosabatlarda iste’molchilarning huquq va majburiyatlari, moliyaviy mablag‘lardan oqilona foydalanish hamda moliyaviy xavflarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.


Bunday targ‘ibot va tushuntirish tadbirlari aholining iste’molchi sifatidagi huquqlarini bilishi, moliyaviy qarorlarni ongli ravishda qabul qilishi hamda o‘z manfaatlarini qonuniy himoya qila olish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM