Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
49.3K photos
4.87K videos
69 files
14.2K links
Download Telegram
Forwarded from Rasmiy axborot
✏️Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" maqolasi e’lon qilindi

Koreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — "The Chosun Daily"da Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.

Maqolada O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, bugungi alohida strategik sheriklik, savdo-investisiya aloqalari hamda munosabatlarni yangi texnologik bosqichga olib chiqish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan.

Maqolada qayd etilganidek

🔵so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 5 barobarga oshgan;

🔵Koreyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investisiyalari hajmi 8 milliard dollardan oshgan;

🔵Ayni paytda mamlakatimizda Koreya kapitali ishtirokida 700 dan ziyod qo‘shma korxona va loyihalar amalga oshirilmoqda;

🔵KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollardan ortiq;

🔵2025 yilda Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 500 milliard dollardan oshgan.

Prezident ikki mamlakat iqtisodiyotining o‘zaro to‘ldiruvchanligi yangi o‘sish drayverlarini yaratish uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidlab, hamkorlikni umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirish darajasiga olib chiqish muhimligini ta’kidladi.

"Ishonchim komilki, aynan shu asosda hamkorligimizning yangi sahifasini ochishimiz — alohida sohalardagi muvaffaqiyatli hamkorlikdan umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirishga o‘tishimiz mumkin. Bu esa mamlakatlarimiz barqaror va uzoq muddatli farovonligining yanada mustahkam poydevorini barpo etadi".


Maqolada sun’iy intellekt, yarim o‘tkazgichlar, robototexnika, elektr transport vositalari, biofarmasevtika, aqlli qishloq xo‘jaligi va “aqlli shaharlar” istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Shuningdek, ta’lim va inson kapitaliga investisiya kiritish, akademik almashinuv va qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi e’tirof etgan.

Prezident, shuningdek, Markaziy Osiyo-Koreya Respublikasi sammiti O‘zbekiston va Koreya munosabatlari bilan bir qatorda, butun mintaqa bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim maydon ekaniligiga alohida urg‘u berdi.

"...O‘zbekiston siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, amaliy hamkorlikni kengaytirish va sheriklikning yangi, samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslarni ilgari surish niyatida. Bu tashabbuslar “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi” formatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada tizimli, dinamik va uzoq muddatli mintaqaviy ustuvor vazifalarga yo‘naltirilgan mexanizmga aylantirishga qaratilgan".


Prezident maqolasida qayd etilganidek, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni, balki Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik, innovatsiya va umumiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

"Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi tinchlik, innovatsiyalar, o‘zaro ishonch va umumiy farovonlikka asoslangan hamkorlikning yangi makonini shakllantira olishiga chin dildan ishonaman"- deydi Davlatimiz Rahbari maqolada.


🔥 Ma’lumot o‘rnida: The Chosun Daily — 1920 yilda tashkil etilgan «Chosun Ilbo» mediaguruhi tarkibidagi nashr bo‘lib, Koreya Respublikasidagi yirik axborot platformalaridan biri hisoblanadi.

Nashr siyosat, iqtisodiyot, jamiyat va xalqaro munosabatlarga oid dolzarb voqealarni keng yoritib boradi. Unda O‘zbekiston Prezidentining maqolasi e’lon qilinishi ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikka bo‘lgan yuksak e’tiborning yana bir ifodasidir.


https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Yana bir yoshning bandligi ta'minlandi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yil 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda hududlarni kambag‘allikdan chiqarish borasida ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahrida Islohotlar shtabi tashkil etilib, har bir mahallaga malakali mutaxassislar biriktirildi. Shahar hokimi rahbarligidagi ishchi guruhlar tomonidan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar muvofiqlashtirib borilmoqda.

Xususan, “Obod turmush” mahallasida yashovchi yosh hududga biriktirilgan rahbar hamda yoshlar yetakchisi ko'magi bilan hududdagi lider tadbirkorga biriktirilib, uning korxonasiga ishga joylashtirildi. Natijada yana bir yoshning bandligi ta’minlanib, bir oilaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga erishildi.

❗️Bunday amaliy ishlar shaharning barcha mahallalarida izchil davom ettirilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from NURAFSHON BSK
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

Majburiy badalni o'z vaqtida to'lab borishingiz, avvalo, Sizning manfaatingizga xizmat qiladi. Nima uchun deysizmi?

Batafsil videorolikda tanishing!


➡️NURAFSHON BSK gruhiga ULANING va MUROJAAT yuboring:
👇👇👇
📱 https://t.me/Nurafshon_shahri_BSK
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Uch avlod — yagona ma’naviy qadriyatlar atrofida


Nurafshon shahridagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik va yurtga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

🔘Unda Nurafshon shahar “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, deputat Jo‘ra Axmedqulov, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sherzod Botirov, nuroniylar, "buvijonlar maktabi" a‘zolari hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida nuroniylar o‘z hayotiy tajribalari, turli davrlarda xalqimiz boshidan kechirgan sinov va mashaqqatlar, yurt tinchligi va osoyishtaligining inson hayotidagi beqiyos ahamiyati haqida o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlashdilar.

🔘Ayniqsa, mustaqillikning xalqimiz hayotidagi tarixiy o‘rni, bugungi tinch va farovon kunlarning qadriga yetish, Vatan ravnaqi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlar ajdodlardan qolgan boy ma’naviy merosni asrab-avaylash, kattalarning hayotiy saboqlaridan ibrat olish va kelajak uchun mas’uliyat bilan yashashga chaqirildi.


Shuningdek, tadbir davomida avlodlar hayotidagi mushtarak qadriyatlar, oila va jamiyatda kattalarga hurmat, yoshlarga g‘amxo‘rlik kabi ezgu an’analar xususida fikr almashildi.

❗️Mazmunli muloqot va samimiy suhbatlarga boy o‘tgan uchrashuv avlodlar o‘rtasidagi uzviy ma’naviy aloqalarni mustahkamlash, yoshlarning hayotiy dunyoqarashini kengaytirish hamda ularni Vatanga sadoqat, tinchlikni qadrlash va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


Nurafshonda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi

Nurafshon shahar hokimligi hamda iqtisodiyot va moliya bo‘limi xodimlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish, xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish va amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonuni mazmun-mohiyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 21-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 23-160-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.


Shuningdek, xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik, xolislik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vakolatlaridan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanmaslik hamda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish zarurligi ta’kidlandi. Byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, davlat mulkini asrash hamda fuqarolar murojaatlarini qonuniy va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish muhimligi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, xizmat vazifalarini vijdonan bajarish, halollik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Norasmiy faoliyatdan mehnat shartnomasigacha

Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligidagi Islohotlar shtabi tomonidan hududlarda aholi bandligini ta’minlash va fuqarolar daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Mahallalarga biriktirilgan rahbarlar hamda mahalla yettiligi tomonidan belgilangan aniq ish rejasi asosida har bir xonadonning ijtimoiy va iqtisodiy holati o‘rganilib, mavjud muammolarni manzilli hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, Degantepa mahallasida yashovchi Oynur Qurbonbekovaning yashash sharoiti o‘rganilganda, uning qariyb bir yildan buyon norasmiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgani va rasmiy ishga ehtiyoji borligi aniqlandi.


Mazkur masalani hal etish maqsadida fuqaro shu kunning o‘zida mahallada faoliyat yurituvchi “Food Agro” yirik korxonasiga mehnat shartnomasi asosida ishga joylashtirildi.

❗️Natijada fuqaroning rasmiy bandligi ta’minlanib, barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun imkoniyat yaratildi. Bu kabi manzilli ishlar orqali norasmiy bandlikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish hamda fuqarolarning mehnat huquqlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1👏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


6 MILLION SO‘MGACHA ISH HAQI: 100 DAN ORTIQ BO‘SH ISH O‘RNI


Nurafshon shahrida ish izlayotgan fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayni paytda Degantepa mahallasidagi NEMO COLLECTION tikuvchilik korxonasida 100 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni mavjud.

Ish haqi 3 million so‘mdan 6 million so‘mgacha bo‘lib, mehnat faoliyati va orttirilgan tajribaga qarab ish haqining oshib borishi ko‘zda tutilgan.

✔️18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan, ishlash istagidagi fuqarolar ishga taklif etiladi. Muhimi, ishga kirish uchun avvaldan maxsus malakaga ega bo‘lish shart emas. Korxonada malakasiz xodimlarga ham kasb o‘rgatilib, zarur mehnat ko‘nikmalari shakllantiriladi. Mazkur imkoniyatlardan foydalanib, fuqarolar doimiy bandligini ta’minlashi va o‘z daromadlarini oshirishi mumkin.

☎️ 95 076 15 84
📌Lokatsiya


❗️Ushbu ishlar Prezident raisligida joriy yil 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar asosida Nurafshon shahrida ishsizlikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolar daromadlarini oshirishga qaratilgan.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Degantepa mahallasi aholisi uchun sifatli ichimlik suvi tarmog‘i tortilmoqda

🇺🇿2025-yil 24-dekabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan Nurafshon shahrini kompleks rivojlantirishga qaratilgan PQ-393-son qaror qabul qilindi. Mazkur qaror bilan shaharning muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun qulay va munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berildi.

🔘Ushbu vazifalar ijrosi doirasida Degantepa mahallasida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi. Xususan, mahallada 315 mm diametrli 1,4 kilometr, 200 mm diametrli 1 kilometr hamda 110 mm diametrli 700 metr yangi suv tarmoqlari tortildi. Shuningdek, aholi xonadonlariga 15 dona zamonaviy suv hisoblagichi bepul o‘rnatildi.


Eng muhimi, ushbu ishlar aholining sifatli ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatini yaxshilash, sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarni yaratish va aholi salomatligini muhofaza qilishga xizmat qiladi.

❗️Bu kabi loyihalar Nurafshon shahrida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini bosqichma-bosqich yangilash hamda aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlarning muhim qismidir.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1