Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
49.3K photos
4.87K videos
69 files
14.2K links
Download Telegram
Seul shahriga tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” biznes sammitida ishtirok etdi.

В продолжение программы пребывания в городе Сеуле Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в первом бизнес–саммите «Центральная Азия – Республика Корея».

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Koreya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#jarayon

“Liderlar guruhi” tinglovchilari Nurafshonda

Bugun, 16-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining “Liderlar guruhi” dasturida tahsil olayotgan 45 nafar tinglovchi Nurafshon shahriga amaliy tashrif buyurdi.

Tashrif “Davlat boshqaruvida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini amalga oshirish mexanizmlari” o‘quv moduli doirasida tashkil etilib, ishtirokchilar hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, investitsiya loyihalari, zamonaviy boshqaruv mexanizmlari va ijtimoiy himoya tizimi bilan yaqindan tanishdilar.

Dastur doirasida tinglovchilar Toshkent viloyati “Vaziyatni tahlil qilish markazi”, Xalq qabulxonasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi hamda “Nurafshon Business City” hududidagi “Cyber University” faoliyatini o‘rgandilar.

Shuningdek, Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan ishlar va investitsiya loyihalari yuzasidan taqdimot o‘tkazilib, ochiq muloqotlarda hududlarni kompleks rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yaxshilash va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Amaliy tashrif tinglovchilarga davlat boshqaruvida nazariya va amaliyot uyg‘unligini bevosita o‘rganish, hududiy boshqaruv tajribasi bilan tanishish hamda samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash imkonini berdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1