Iste’molchilarning huquqiy va moliyaviy savodxonligi oshirilmoqda
✔️ Tadbirda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mas’ullar, Oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi F. Jumaboyeva, jamoatchilik faollari hamda xotin-qizlar ishtirok etdi.
✔️ Seminarlar davomida aholining, xususan, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qiyin vaziyatga tushib qolgan ayollar va uy bekalarining huquqiy bilimlarini oshirish, iste’molchilar amaliyotda ko‘p duch kelayotgan muammoli holatlar yuzasidan tushuntirishlar berishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, shartnomaviy munosabatlarda iste’molchilarning huquq va majburiyatlari, moliyaviy mablag‘lardan oqilona foydalanish hamda moliyaviy xavflarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
❕Bunday targ‘ibot va tushuntirish tadbirlari aholining iste’molchi sifatidagi huquqlarini bilishi, moliyaviy qarorlarni ongli ravishda qabul qilishi hamda o‘z manfaatlarini qonuniy himoya qila olish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📄 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi farovonligini ta’minlash va pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon loyihasi (ID-10855) Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ravshana Umarova ishtirokida brifing tashkil etildi.
#pensiya #farovonlik #takliflar #Farmon_loyihasi
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz bilan muloqot qildi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел диалог с соотечественниками, работающими и обучающимися в Корее.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел диалог с соотечественниками, работающими и обучающимися в Корее.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Mehnat yarmarkasi: fuqarolar ish bilan ta’minlanmoqda
🟣 Mazkur tadbir Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi a’zolari, Nurafshon shahar Adliya bo'limi hamda Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👏1
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan davlat xaridlari sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bazaviy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida edu.icppa.uz platformasi orqali bepul onlayn o‘quv kursi tashkil etildi.
Platformada davlat xaridlari jarayonlarini bosqichma-bosqich o‘rganishga mo‘ljallangan 20 ta modul jamlangan. Videodarslar, testlar va amaliy keyslar orqali foydalanuvchilar xaridlarni rejalashtirishdan tortib, xarid tartib-taomillari va shartnomalarni boshqarishgacha bo‘lgan jarayonlar bo‘yicha zarur bilimlarni egallashi mumkin.
Muhimi, ta’lim to‘liq bepul va onlayn. Foydalanuvchi o‘ziga qulay vaqtda darslarni o‘zlashtirishi, har bir modul bo‘yicha bilimini sinovdan o‘tkazishi mumkin.
Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga 2 yil muddatga amal qiluvchi elektron sertifikat beriladi.
Platforma nafaqat davlat buyurtmachilari va xarid bo‘yicha mutaxassislar, balki davlat xaridlarida ishtirok etishni istagan tadbirkorlar hamda ushbu sohani o‘rganmoqchi bo‘lgan barcha foydalanuvchilar uchun ochiq.
Davlat xaridlarini o‘rganish uchun endi alohida joy va vaqt izlash shart emas — zarur bilimlar bir platformada jamlangan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahar Xalq qabulxonasi binosida o'tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvali
🔸 Aholi murojaatlarini hal etishda yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-mart sanasida «Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalarda» o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlaridan kelib chiqib, Nurafshon shahar hokimi va hokimning barcha o‘rinbosarlari tomonidan har haftada Xalq qabulxonasi binosida shaxsiy qabullar o‘tkazilishi belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi
Nurafshon shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimi o‘rinbosarlari O. Islomov, N. Jumanova hamda Sh. Inomxonovlarning fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
✅ Qabul davomida jami 7 nafar fuqaroning murojaati tinglanib, har bir masala yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borildi. Murojaatlarning 3 tasi ijobiy hal etildi, 2 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi, yana 2 nafar fuqaroning murojaati qo‘shimcha o‘rganish uchun nazoratga olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM