Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
49.3K photos
4.87K videos
69 files
14.2K links
Download Telegram
Нурафшон_шахар_СЕНТЯБР_ОЙИ_ВАКАНЦИЯСИ_2.xlsx
37.5 KB


Nurafshon shahar hokimligi ishsiz fuqarolarni shahardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga taklif etadi

Hurmatli fuqarolar!
Agar siz ayni paytda ish izlayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizning mutaxassisligingiz, malakangiz va qiziqishlaringizga mos bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, ishga joylashish masalasida qo‘shimcha ma’lumot olish yoki amaliy ko‘makka ehtiyoj sezsangiz, yashash hududingizdagi hokim yordamchisi yoki mahalla yettiligi a’zolariga murojaat qilishingiz mumkin.


❗️Sizni munosib ish bilan ta’minlash va bandligingizni oshirish yo‘lida hamkorlik qilishga tayyormiz.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Pensiya ta’minoti tizimidagi islohotlar yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi


Pensiya ta’minoti tizimiga oid Farmon loyihasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, fuqarolarning ushbu yo‘nalishdagi bilim va tushunchalarini oshirish maqsadida Toshkent viloyati Pensiya jamg‘armasining Nurafshon shahar bo‘limi boshlig‘i tomonidan Oybek mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi hamda 12-sonli musiqa va san'at maktabi xodimlari ishtirokida targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari tashkil etildi.

✔️Tadbirlar davomida Farmon loyihasida nazarda tutilayotgan yangilik va o‘zgarishlar, shuningdek, pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ishtirokchilarga sodda, aniq va tushunarli tilda batafsil ma’lumotlar berildi.


Shuningdek, fuqarolarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli tushuntirishlar berilib, pensiya ta’minoti sohasidagi huquq va imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#inson_uchun

“INSON UCHUN” — IMKONIYATLAR BIRLASHADIGAN MANZIL!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan Toshkent viloyatida nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash, ularning mehnat mahsulotlari va xizmatlarini keng jamoatchilikka namoyish etish hamda savdosini yo‘lga qo‘yish maqsadida ko‘rgazma-savdo tashkil etilmoqda.

🗓 23-sentabr, soat 09:00
📍 Nurafshon shahri, Qumariq MFY, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 67-uy

Ko‘rgazma-savdoda nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan milliy hunarmandchilik buyumlari, ijodiy ishlar, mahsulotlar va xizmatlar namoyish etiladi.

Bu — nafaqat mahsulotlar ko‘rgazmasi, balki mehnatni qadrlash, iste’dodni qo‘llab-quvvatlash va teng imkoniyatlarni kengaytirish sari muhim qadamdir.

Har bir insonning mehnati qadrlidir. Har bir inson uchun imkon bor!

📢 Barchangizni “INSON UCHUN” ko‘rgazma-savdosida faol ishtirok etishga taklif etamiz!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahrida aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromadlarini oshirish hamda kambag‘allik darajasini qisqartirish maqsadida mehnat yarmarkalari muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Tafsilotlar “O‘zbekiston 1” telekanali lavhasida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Bolalar salomatligini mustahkamlash maqsadida tibbiy ko‘rik tashkil etildi


Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida Bolalar tibbiyot markazining yetakchi mutaxassislari — nevropatolog, kardiolog, otolaringolog, jarroh va gastroenterolog shifokorlar ishtirokida bolalar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

🔘Bolalar tibbiyot markazi tug‘ilgandan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tashxislash, davolash va reabilitatsiya qilishga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalaridan biri hisoblanadi.

🔘Tibbiy ko‘rik davomida jarrohlik amaliyoti yoki davolanishga muhtoj bolalar aniqlanib, ularning salomatligi holati mutaxassislar tomonidan atroflicha o‘rganildi.


Aniqlangan holatlar bo‘yicha har bir bolaga individual yondashuv asosida, zamonaviy tibbiy tavsiyalar va dalillarga asoslangan davolash hamda reabilitatsiya choralari belgilanib, tegishli tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1🤝1


Nurafshonda bandlik masalalariga amaliy yechimlar izlanmoqda


Nurafshon shahrining “Obod turmush” MFY binosida ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash hamda aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyida hal etish maqsadida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🔘Mazkur tadbir Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi a’zolari, Nurafshon shahar Adliya bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.
🔘Mehnat yarmarkasida 14 dan ortiq korxona va tashkilot qatnashib, fuqarolarga jami 475 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etildi. Tadbirda 56 nafar ishsiz fuqaro ishtirok etdi.


❗️Mazkur yarmarka natijasida 13 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi, 6 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitish kurslariga yo‘naltirildi. Shuningdek, yana 5 nafar fuqaroga imtiyozli kredit olish masalasida amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi belgilandi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4