#inson_uchun
“INSON UCHUN” — IMKONIYATLAR BIRLASHADIGAN MANZIL!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan Toshkent viloyatida nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash, ularning mehnat mahsulotlari va xizmatlarini keng jamoatchilikka namoyish etish hamda savdosini yo‘lga qo‘yish maqsadida ko‘rgazma-savdo tashkil etilmoqda.
🗓 23-sentabr, soat 09:00
📍 Nurafshon shahri, Qumariq MFY, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 67-uy
Ko‘rgazma-savdoda nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan milliy hunarmandchilik buyumlari, ijodiy ishlar, mahsulotlar va xizmatlar namoyish etiladi.
Bu — nafaqat mahsulotlar ko‘rgazmasi, balki mehnatni qadrlash, iste’dodni qo‘llab-quvvatlash va teng imkoniyatlarni kengaytirish sari muhim qadamdir.
Har bir insonning mehnati qadrlidir. Har bir inson uchun imkon bor!
📢 Barchangizni “INSON UCHUN” ko‘rgazma-savdosida faol ishtirok etishga taklif etamiz!
✅ Telegram 🌐 Instagram 📹 YouTube✅ Facebook

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1