Nurafshon shahri hokimligi
3.13K subscribers
49.7K photos
4.91K videos
70 files
14.3K links
Download Telegram
✅✅✅✅

Taraqqiyot mahallasida elektr tarmoqlari yangilanmoqda


✅Nurafshon shahar "Taraqqiyot" MFY hududida elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash va mavjud tarmoqlarning texnik imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

✔️Xususan, TP-302 transformator punkti uchun yangi transformator tayanchlarini o‘rnatish hamda SIP kabellarini tortish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar hududdagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va iste’molchilarga elektr energiyasini barqaror yetkazib berishga xizmat qiladi.


❕Amalga oshirilayotgan mazkur chora-tadbirlar Taraqqiyot mahallasida elektr ta’minoti sifatini yaxshilash, tarmoqdagi yuklamalarni me’yorlashtirish hamda aholiga yanada ishonchli va barqaror elektr ta’minotini yaratishga qaratilgan.


✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan Avtotransport vositalarini sotib oling!

🔹Nurafshon shahrida 110 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

Nurafshonda OIV/OITS mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi


✅Bugungi kunda OIV/OITS (odamning immunitet tanqisligi virusi/orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) keng qamrovli profilaktik va targ‘ibot-tushuntirish choralarini talab etadigan dolzarb global muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.

🔘Shu munosabat bilan Nurafshon shahrida OIV/OITSning oldini olish, kasallikning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda aholining tibbiy savodxonligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

🔘Unda ommaviy axborot vositalari vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, profilaktika choralari, erta aniqlash va muntazam tibbiy tekshiruvlarning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.


Matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan mavzu doirasida turli savollar berilib, mutaxassislar tomonidan ularga batafsil va asoslantirilgan javoblar taqdim etildi. Shuningdek, aholiga OIV/OITS bo‘yicha ishonchli va to‘g‘ri ma’lumotlarni yetkazish, kasallikning oldini olishda jamoatchilik xabardorligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

❗️Mazkur tadbir OIV/OITSning oldini olish borasidagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, aholining xabardorligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
✅✅✅✅

“Situatsion tahliliy markaz – Aqlli shahar” faoliyati yuzasidan seminar o‘tkazildi

Nurafshon shahar prokurorining katta yordamchisi E. Abdualiyev tomonidan shaharda tashkil etilgan “Situatsion tahliliy markaz – Aqlli shahar” faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda mas’ul xodimlarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, bozorlarni raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahliliy monitoring qilish tartibi va usullari yuzasidan tushunchalar berildi.

Shuningdek, raqamlashtirish jarayonida mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda qonuniylikni yanada mustahkamlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.

Seminar yakunida “Situatsion tahliliy markaz – Aqlli shahar” faoliyatini samarali tashkil etish, amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli ravishda tahlil qilib borish hamda belgilangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥1