Nurafshonda xotin-qizlar bandligi va ijtimoiy holati o‘rganildi
🔘 O‘rganish davomida mahallalarda xotin-qizlar balansini shakllantirish, ularning ijtimoiy holatini o‘rganish, mavjud muammolarini aniqlash hamda har bir murojaat va ehtiyojdan kelib chiqib individual ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔘 Shuningdek, “qizil” va “sariq” toifalarga kiritilgan xotin-qizlarning xonadonbay holati o‘rganilib, ularning bandligini ta’minlash, daromad manbaini yaratish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, muammolarni joyida hal etish va xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yordamning manzilliligini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
❗️Belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi mas’ullar tomonidan nazoratga olinib, xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan amaliy ishlar davom ettiriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Ijtimoiy reyestrdagi oilalar — e’tibor va manzilli ko‘mak markazida
Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan davlat ta’minotidagi oilalarning xonadonlariga borilib, ularning ijtimoiy holati va ehtiyojlari o‘rganilmoqda.
Qumariq, Navro‘z, Obod, To‘ytepa, Birlik, Oppoq, Taraqqiyot, Degantepa, Dehqonobod, Obod Turmush, Hurriyat mahallalarida olib borilayotgan o‘rganishlar jarayonida:
🔹 oilaga zarur ijtimoiy xizmatlarning ko‘rsatilishi va samaradorligi;
🔹 mehnatga layoqatli oila a’zolarini ishga joylashtirish imkoniyatlari va rasmiy daromad manbalari;
🔹 oila a’zolarining bandligi va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlari;
🔹 ajratilgan kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy ko‘maklarning maqsadli sarflanganligi;
🔹 oilaning mavjud muammolari hamda ularni hal etish bo‘yicha individual choralar belgilanmoqda.
Asosiy maqsad — oilani faqat nafaqa yoki moddiy yordam bilan ta’minlash emas, balki uning ijtimoiy va iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, mehnatga jalb etish hamda doimiy daromad manbasini shakllantirish.
Har bir xonadon — alohida yondashuv.
Har bir oila — aniq ehtiyoj.
Har bir ko‘mak — manzilli va natijaga yo‘naltirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TUNGI XIZMAT — OSOYISHTALIK VA XAVFSIZLIK KAFOLATI
Aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash, jamoat tartibini mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Nurafshon shahrida tungi xizmatlar tashkil etilmoqda.
🔘 Nurafshon shahar prokurori T. Karimov hamda shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev tomonidan tungi xizmat tashkil etilib, shahar hududidagi jamoat joylari, ko‘chalar, aholi gavjum hududlar va boshqa obyektlarda xavfsizlik holati nazoratga olindi.
Nurafshon shahrida jamoat tartibini saqlash, osoyishtalik va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi ishlar muntazam davom ettiriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
Nurafshonlik sportchilardan Osiyo o‘yinlarida navbatdagi medal
🥈Medallarni tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekiston Kanoe federatsiyasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov ham ishtirok etdi.
Nurafshonlik sportchilarning xalqaro maydondagi ushbu muvaffaqiyati shahrimiz yoshlarining sportga bo‘lgan qiziqishi va salohiyati yuksalib borayotganining yana bir yorqin ifodasidir.
❗️Sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda yangi g‘alabalar tilaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1