Yoshlarning bandligi va tashabbuslari muhokama qilindi
✔️ Unda shahar hokimi Qobil Xamdamov, shahar IIB boshlig‘i Azizjon Yuldashev, shahar prokurori o‘rinbosari Sanjar Qarshiyev, tegishli tashkilot va idoralar vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi. Muloqot davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, kasb-hunarga o‘qitish, imtiyozli kreditlardan foydalanish hamda boshqa ijtimoiy masalalarga oid murojaatlari tinglandi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Jumladan, ishga joylashish, kasb-hunar egallash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va imtiyozli moliyaviy imkoniyatlardan foydalanish yuzasidan amaliy ko‘mak ko‘rsatish choralari belgilandi.
✔️ Shuningdek, yoshlarning yangi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va ularni daromadli faoliyatga yo‘naltirish yuzasidan zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi.
❕Bunday ochiq muloqotlar yoshlar bilan bevosita va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda har bir murojaat yuzasidan aniq amaliy choralarni belgilashga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
7 MILLION SO‘MGACHA ISH HAQI: 100 DAN ORTIQ BO‘SH ISH O‘RNI
Nurafshon shahrida ish izlayotgan fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayni paytda shahar markazidagi "Textill Mill Tashkent" qoʻshma korxonasida 100 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni mavjud.
Ish haqi 2.5 million so‘mdan 7 million so‘mgacha bo‘lib, mehnat faoliyati va orttirilgan tajribaga qarab ish haqining oshib borishi ko‘zda tutilgan.
✅ Quyidagi lavozimlarga ishga taklif qilamiz:✔️ Menejer
25–35 yoshdagi qizlar ishga taklif qilinadi.
Talablar:🔘 hisob-kitobni yaxshi bilish;🔘 rus tilida ta’lim olgan bo‘lish.
Ish haqi: 5 000 000–6 000 000 so‘m.✔️ Kompyuter va hisob-kitob bo‘yicha mutaxassis🔘 35 yoshgacha bo‘lgan, universitetni tamomlagan, kompyuter va hisob-kitobni yaxshi biladigan nomzodlar ishga taklif qilinadi.✔️ Dizayner
18–25 yoshdagi qizlar ishga taklif qilinadi.
Talab:🔘 kompyuterdan yaxshi foydalana olish.
Ish haqi: 2 500 000 so‘mdan boshlanadi.✔️ To‘quv bo‘limi🔘 18–35 yoshdagi qizlar va yigitlar ishga taklif qilinadi.🔘 Ish tartibi: 2 kun kunduzgi smena, 2 kun tungi smena, 2 kun dam olish.
Ish haqi: 2 500 000–5 000 000 so‘m.✔️ Krossovka ishlab chiqarish bo‘limi — yelimlovchi🔘 25–35 yoshdagi yigitlar ishga taklif qilinadi.
Ish haqi: 3 000 000 so‘mdan boshlanadi.✔️ Krossovka ishlab chiqarish bo‘limi — tikuvchi🔘 Tikishni biladigan ayollar ishga taklif qilinadi.
Ish haqi: 2 700 000 so‘mdan boshlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
“Yangi O‘zbekiston massivi”dagi qurilish ishlari tahlil qilindi
✔️ Unda loyihachi va pudrat tashkilotlar, tashabbuskor quruvchilar, shahar elektr, suv va gaz ta’minoti bo‘limlari rahbarlari hamda Kadastrlar palatasi shahar bo‘limi mas’ullari ishtirok etdi.
✔️ Xususan, ko‘p qavatli uylarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida barpo etilayotgan qozonxonadagi qurilish-montaj ishlarining belgilangan sur’atda olib borilmayotgani qayd etilib, pudrat tashkiloti rahbariga ishlarni jadallashtirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi. Shahar hokimligining qurilish bo‘yicha bosh mutaxassisi A. Haydarovga mazkur obyektlarda olib borilayotgan ishlarni doimiy nazoratga olish topshirildi.
❗️Yig‘ilish yakunida “Yangi O‘zbekiston massivi”dagi barcha qurilish va infratuzilma loyihalarini belgilangan talablar asosida sifatli va o‘z muddatida amalga oshirish, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish hamda mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mehnat yarmarkasi orqali yana bir yoshning bandligi taʼminlandi
Nurafshon shahrida aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan mehnat yarmarkasi o‘zining amaliy natijalarini bermoqda.
Yarmarkada ishtirok etgan Turdiboyev Dilshodbek o‘ziga mos bo‘sh ish o‘rni bilan tanishib, Nurafshon maxsus texnika zavodiga ishga joylashdi. Bugungi kunda u mazkur korxonada mehnat faoliyatini davom ettirib, doimiy ish va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM