Nurafshon shahri hokimligi
3.13K subscribers
49.6K photos
4.91K videos
70 files
14.3K links
Download Telegram
#ish_bor

Nurafshondagi Xitoy korxonasi bo‘sh ish o‘rinlariga taklif qiladi

Nurafshon shahrining Birlik MFY hududida joylashgan “CHAYA KAYAN” MChJning bolalar o‘yinchoqlari ishlab chiqarish sexida 5 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud.

Oylik ish haqi 2.5 mln. so‘mdan 3.5 mln. so‘mgacha. Ish tartibi 6 kunlik bo‘lib, ish jarayoni 08:00 dan 17:00 gacha davom etadi.


Tushlik vaqti 12:00 dan 13:00 gacha bo‘lib, tushlik korxona hisobidan ta’minlanadi.

Ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi orqali kerakli hujjatlarini rasmiylashtirgan holda korxonaga yo‘naltiriladi.

Agar siz ham ish izlayotgan bo‘lsangiz, ushbu imkoniyatdan foydalaning! Batafsil ma’lumot olish uchun 09:00 dan 17:00 gacha +99894 423 32 53 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
❤1
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahrida daydi hayvonlarni tutish jarayonida ularga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘linayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Aholi xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, daydi hayvonlarning fuqarolarga zarar yetkazishining oldini olish maqsadida hududlarda daydi hayvonlarni tutish ishlari olib borilmoqda.

Ammo hayvonlarga nisbatan shafqatsiz yoki vahshiyona munosabatda bo‘lish yuzasidan Nurafshon shahar hokimligi tomonidan hech qanday topshiriq berilmagan.

Mazkur holat mas’ullar tomonidan o‘rganilmoqda. O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, bunday holatlarning oldi olinadi.

Daydi hayvonlarni tutish va ularni saqlash ishlari belgilangan tartib va qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirilishi ta’minlanadi.

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
#Mehnat_yarmarkasi

ISHSIZ FUQAROLAR BANDLIGIGA KO‘MAK

Nurafshon shahrining “Oppoq” MFY binosida ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, aholi bandligini oshirish hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarni joyida hal etish maqsadida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur tadbir Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi a’zolari hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.

Unda 11 dan ortiq korxona va tashkilot ishtirok etib, fuqarolarga jami 317 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etildi. Yarmarkada 25 nafar ishsiz fuqaro qatnashdi.

Tadbir yakunida 4 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi, 6 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitish kurslariga yo‘naltirildi. Shuningdek, ishlash istagidagi 5 nafar ayol “NEMO COLLECTION” korxonasiga olib borilib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirildi.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
❤4
"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan Avtotransport vositalarini sotib oling!

🔹Nurafshon shahrida 110 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
DXM VA FHDYO ORGANLARIDA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati va tezkorligini oshirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni baholash maqsadida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Z. Maxsudova hamda “Madad” NNT xodimi, shahar Kengashi deputati N. Niyozov hamkorligida Davlat xizmatlari markazi va FHDYO organlarida o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayoni, navbatlarni tartibga solish, elektron tizimlarning ishlashi hamda yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, fuqarolarning fikr va takliflari tinglanib, ularga sohaga oid bepul huquqiy maslahatlar berildi.


O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, davlat xizmatlari sifatini yanada yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha deputatlik va jamoatchilik nazoratini davom ettirish belgilandi.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
❤2👎1🤝1
#Мурожаат 🇺🇿

НУРАФШОН ШАҲАР ПРОКУРОРИ ТЎЛҚИН КАРИМОВНИНГ ШАҲАР АҲОЛИСИГА МУРОЖААТИ.

Ҳурматли Нурафшонликлар!
Қадрли шаҳримиз аҳолиси!


Жамиятда қонун устуворлигини таъминлаш, фуқароларнинг ҳуқуқ ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш, жиноятчилик ва ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш, энг муҳими, ҳар бир инсон ўзини хавфсиз ҳис қиладиган осойишта муҳитни шакллантириш бугунги куннинг энг муҳим вазифаларидан биридир.

Батафсил...

Рус тилида..

Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
❤3👍2🔥1👏1
#Qabul

FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA KO‘RIB CHIQILDI


Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasida fuqarolarning murojaatlarini tinglash va ularni hal etish yuzasidan navbatdagi qabul o‘tkazildi. Unda shahar hokimi Qobil Xamdamov, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy va kommunal xizmatlar, yer va kadastr, infratuzilma, ijtimoiy himoya, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, bandlik va tadbirkorlik bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida alohida ko‘rib chiqilib, imkon qadar muammolarga joyida yechim topish chorasi ko‘rildi.


Qo‘shimcha o‘rganish va tegishli tashkilotlar ishtirokini talab etadigan murojaatlar mas’ullarga biriktirilib, ularning ijrosi bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi va nazoratga olindi.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook