Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.86K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Senat aʼzosi etib saylandi

Bu haqda viloyat hokimligining matbuot xizmati ma'lum qildi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati, tuman va shaharlari Kengashining qoʻshma majlisida deputatlarning 641 nafari nomzodni yoqlab ovoz bergani maʼlum qilindi va Zoyir Mirzayev mutlaq koʻpchilik ovoz bilan Oliy Majlis Senati aʼzosi etib saylandi.

Qoʻshma yigʻilishda Z.Mirzayev soʻz olib, bildirilgan ishonch uchun xalq vakillariga minnatdorlik bildirdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
👍6👏2
#Nurafshon
#g‘alaba
#muborak

Chirchiq davlat pedogogika universitetida Xalq taʼlimi vazirligining "5 ta muhim tashabbus festivali"da gʼoliblikni qo‘lga kiritgan bir guruh o‘quvchilar taqdirlanishdi.

E'tirof etilgan yoshlar safida nurafshonlik o‘quvchilar ham bor.

Jumladan, Nurafshon shahar 1-IDUM o‘g‘il bolalar jamoasi sport yo‘nalishining stritbol sport turida respublikada 1-o‘rinni va qizlar jamoasi sportning shu yoʼnalishida respublikada 2-o‘rinni egallab, qimmatbaho sovgʼalarni qo‘lga kiritishdi.


✍️ Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
👍3👏2🎉2
Hurmatli nurafshonliklar!!!

Bugun Toshkent viloyatining ayrim hududlarida qor yogʻishi mumkin

Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, bugun, 16-noyabr kuni Toshkent viloyatida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi hududlarda qorga aylanishi mumkin. Joylarda tuman tushishi mumkin.
👍21👏1
#tayinlov

Prezident farmoni bilan Xudaybergenov Tursinxan Аydarovich Prezidentning Orolboʼyi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari buyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari boʼyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

U mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash vaziri vazifasini bajaruvchisi lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
👍2👏1🎉1
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Toshqulov Аkbar Joʼrabaevich nomzodi adliya vaziri lavozimiga maʼqullandi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
👍2🎉2👏1
Bugun "Koʼksaroy" qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi boʼlib oʼtadi.

Majlis doirasida davlatimiz rahbari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso hamda qator xorijiy kompaniyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʼtkazadi.

✍️ Prezident matbuot xizmati
👍3👏1🎉1
"Ko‘ksaroy" qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi bo'lib o'tmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
👍3👏1🎉1
Bugun "Ko‘ksaroy" qarorgohida" Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi hamda YEI va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Samarqand konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
👍1👏1
Hurmatli hamshaharlar!!!

Bugun Oʼzbekiston boʼyicha yogʼingarchilik kutilmaydi, harorat 8-13 daraja iliq boʼladi.
👏3👍2🔥2
#bildirish

💧 "Toshkent suv taʼminoti" MChJ Nurafshon shahar boʼlimi "Taraqqiyot" MFY hududida nosozliklar mavjudligi sababli 17.11.2022 yil "Yuksalish" MFY, "Taraqqiyot" MFY, "Oppoq" MFYlari hududlarining ichimlik suv taʼminotida soat 10:00 dan 14:00 gacha uzilishlar bo'lishini ma'lum qiladi.

🚚 Аholi ichimlik suvi bilan maxsus suv tashish avtomashinalari orqali taʼminlanadi.

❗️Noqulayliklar uchun uzr soʼraymiz.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
👍2👏1😢1
#diqqat_bildirish

Hurmatli nurafshonliklar!!!

💧"Toshkent suv taʼminoti" MChJ Nurafshon shahar "Maʼrifat" MFY hududida ichimlik suvi tarmoqlarida nosozliklar mavjudligi sababli "Maʼrifat" suv inshooti 17.11.2022 yil, soat 10:00dan 14:00 gacha "Maʼrifat" MFY, "Bobur" MFY hududlarining ichimlik suv taʼminotida uzilishlar bo'lishini eslatib o'tadi.

🚚 Аholi ichimlik suvi bilan maxsus suv tashish avtomashinalari orqali taʼminlanadi.

❗️Noqulayliklar uchun uzr soʼraymiz.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
👍1😁1🤔1
#Nurafshon
#energiya_tejamkor
#birinchi_uy
#Yoshlik_MFY

Bugun Nurafshon shahar "Yoshlik" MFYda O'zbekistonda ilk bor tajriba-sinov tariqasida qurilgan, energiya sarfi deyarli nolga teng bo'lgan uy bilan tanishuv bo'lib o'tdi.

Tadbirda BMT Bosh kotibi yordamchisi, BMT Taraqqiyot Dasturi Administratorining yordamchisi Xaolyan Shu boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirok etishdi.

Energiya tejamkor uy BMT Taraqqiyot dasturi, Qurilish vazirligi hamda Global atrof-muhit fondining moliyaviy ko'magida amalga oshirilayotgan "O'zbekistonda energiya samarador qishloq uy-joy qurilishini rivojlantirish" qo'shma loyihasi doirasida qurilgan.

Mazkur uy qurilishida ishlatilgan texnologiyalar birinchi marta qo'llanilganligi bois ham energiya sarfi deyarli nolga teng bo'lib, uy birlamchi sinov uchun ommaga taqdim etilmoqda.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
👍6👏1🎉1💯1