Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#Nurafshon
#suhbat
#ma'naviy_ma'rifiy

Bugun shahrimizdagi 57-umumtaʼlim maktabida "Biz-yot gʼoyalarga qarshimiz" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy suhbat bo‘lib o‘tdi.

Unda Ma'naviyat va ma'rifat markazi bo‘limi rahbari, Shahar bosh imom xatibi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi, Shahar IIB mas'ul xodimi ishtirok etdi.

"Yuksalish", "Taraqqiyot", "Birlik", "Oppoq", "Xurriyat" MFY fuqarolari va umumta'lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilarining ota-onalariga so‘nggi yillarda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, islohotlar haqida aytib o‘tildi.

Shuningdek, "Din niqobi ostida g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishga urinayotgan yot kuchlar", "Ommaviy madaniyat" unsurlaridan himoyalanish, milliy-diniy qadriyatlarni asrab-avaylash borasida mas'ullarning fikr-mulohazalari tinglandi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
💯2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Nurafshon
#madaniyat
#boshqarma

🎙 Nurafshon shahar madaniyat boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan hisobot konsert dasturining tizer varianti taqdim etildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍2👏1🎉1
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy (NURAFSHON TV)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NURAFSHON_SHAHRI_KADRLAR BO‘LIMLARI FAOLIYATIDA YO‘LGA QO‘YILGAN TANLOV TIZIMI HAQIDA SEMINAR_29.11.2022

obuna bo'ling:👇👇👇
https://t.me/nurafshon_tv_kanali
👍2👏1
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy (NURAFSHON TV)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NURAFSHON_SHAHRI_KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA JAMOATCHILIK NAZORATI VA MATBUOTNING O‘RNI _29.11.2022

obuna bo'ling:👇👇👇
https://t.me/nurafshon_tv_kanali
👍1👏1
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy (NURAFSHON TV)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NURAFSHON_SHAHRI_ZO‘RAVONLIKKA QARSHI KURASHISH DAVR TALABI_29.11.2022

obuna bo'ling:👇👇👇
https://t.me/nurafshon_tv_kanali
👍3👏1
Hurmatli hamshaharlar!!!

Bugun 30 noyabr kuni baʼzi joylarda bir oz yomgʼir yogʼadi. Аyrim joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati 7-12 daraja iliq boʼladi.
👍1👏1
#Nurafshon
#tibbiy_ko'rik
#prezident_maktabi

🏥 Nurafshon shahar prezident maktabida shahar tibbiyot birlashmasi tashabbusi bilan tibbiy ko'rik tashkil qilindi.

🩺 Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika tor mutaxassislari (terapevt, pediatr, lor, oftalmolog, stomatolog, nervpotolog, laborator diagnostika) xodimlari tomonidan o'quvchilar tekshiruvdan o'tkazildi.

🩸 O'quvchilarning umumiy qon tahlili, vazn, bo'y va bel aylanalari o‘lchandi.

💊Shuningdek, o'quvchilarga bepul dori-darmonlar tarqatildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍1👏1💯1
#seminar

📢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati filiali hamda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi va Mehnat standartlari va mehnatga xaq to‘lash bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan davlat organlari, korxona va tashkilotlari ularning quyi tizim bo‘linmalarining kadrlar bo‘limi mutaxassislariga seminar trening tashkil qilindi.

🟢 Trening Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 18 noyabrdagi 01/00-02/12-10510-sonli xatida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida joylardagi mas'ullarni yangi tahrirdagi “Mehnat kodeksi”ning mohiyati va dolzarbligi hamda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (“YaMMT” IDAK) maqsadi va mohiyati tushuntirishga qaratildi.

📝 Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍4👏1🎉1
#seminar

Nurafshon shahar "Tong" madaniyat markazida O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasining professor-o‘qituvchilari tomonidan "Yoshlarni turli radikal qarashlardan asrash" mavzusida o‘quv tadbiri o‘tkazildi.

Unda shahrimizdagi MFY raislari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi doktoranti B.Salomov, hokim o‘rinbosari N.Kulbekova, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari Sh.Radjapov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi Q.Rasulovlar ma'ruzalari bilan qatnashdi.

Seminar davomida fuqarolarimizning shaxsiy mas'uliyatini oshirish, yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, "Din niqobi ostida g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishga urinayotgan yot kuchlar" bo'yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍2💯2👏1
#Nurafshon
#keksalar_holidan
#xabar_olindi

Bugun Nurafshon shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i K.Pardabayeva hamda "Oybek" MFY xotin-qizlar faoli R.Tadjikulova mazkur mahallaning M.Ulug‘bek ko‘chasi 140-uyda yashovchi M.Mannopova xonadonida bo‘lishdi.

Ularning oilaviy sharoiti o‘rganilib, yashash sharoiti bilan tanishildi. Opaning turmush o‘rtog‘iga nogironlik aravachasi berildi.

Oila boshi va xonadon bekasi o‘z minnatdorchiligini aytishib duoga qo‘l ochishdi va mutasaddilarning xayrli ishlarida kuch quvvat tilashdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍4👏1🎉1
#Nurafshon
#mahallabay
#tadbirkorlik

Shahar hokimligi faollar zalida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bo'lim boshlig'i Shokir Rahmonov, mazkur agentlikning interaktiv xizmatlar bo'limi mutaxassisi Sanjar Nuriddinov, shahar Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbari M.Zamonovlar ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda shahardagi mahallalarning hokim yordamchilari hamda tegishli mas'ul korxona va tashkilot rahbarlari qatnashdilar.

Olib borilgan suhbat davomida hokim yordamchilarining faoliyatini yanada samarali tashkil etish va bu borada ijtimoiy reestr yuritishning muhim o'rni to'g'risida so'z yuritildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍3👏1