Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.3K photos
3.94K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

“Oppoq” mahallasidagi chiqindi tozalanmoqda

“Yoshlar kundaligi” media loyihasida “Nurafshonning “Oppoq” mahallasida hamma yoq oppoqmi?” sarlavhali post e’lon qilindi.

Unda Nurafshon shahridagi “Oppoq” mahallasi hududida chiqindining maxsus joyga tashlanmagani tanqid qilingan.

Holat Nurafshon shahri hokimligi tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib, “Toza hudud” filiali xodimlari tomonidan tozalandi.

O‘z navbatida aholidan chiqindilarni belgilanmagan maxsus joyga tashlanmasliklarini so‘raymiz.

Nurafshon shahri hokimligi ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar bilan hamkorlik qilishda davom etadi.

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Hokim yordamchilari jamoatchilikka hisobot berdi

Kecha Nurafshon shahrining 1-sektor hududidagi mahallalarning hokim yordamchilari “Dehqonobod” mahallasi idorasida jamoatchilikka hisobot topshirdi.

Yig‘ilgan nuroniylar, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, mahalla aholisiga hokim yordamchilarining 2022-yilda amalga oshirgan ishlari va 2023-yildagi vazifalari yuzasidan axborot berib o‘tdi.

Hokim yordamchilarining hisobotlari yuzasidan ishtirokchilar fikr va munosabatlarini bildirdi.

Tadbir so‘nggida nuroniylar va faollarga ehson oshi tortildi.

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Hurmatli tadbirkorlar, klaster rahbarlar va faoliyati qishloq xo‘jaligi bo‘lgan korxona rahbarlari

Nurafshon shahrida 843 gektar ekin ekiladigan yerlar mavjud bo‘lib, ushbu yerlarda aholiga kuz – qish mavsumida arzon qishloq xo‘jaligi maxsulotlari zaxirasini yaratish sharti bilan ajratiladi.
Bunda zaxira qilinadigan maxsulotlar
650 tonna kartoshka,
200 tonna piyoz,
300 tonna sabzi
200 tonna guruch.
Tanlov yuqoridagi oziq – ovqat maxsulotlari zaxirasini yaratish va saqlash imkoniyati mavjud bo‘lgan tadbirkorlar va faoliyati qishloq xo‘jaligi bo‘lgan korxonalar o‘rtasida amaldagi qonunchilik talablari asosida tanlov natijalariga ko‘ra ajratib beriladi.
Tanlovda faoliyati qishloq xo‘jaligi bo‘lgan, salohiyatli, qishloq xo‘jaligi texnikalari mavjud, yetishtirilgan maxsulotlarni saqlash imkoniyati mavjud tadbirkorlik subyektlari qatnashishlari mumkin.
Sizlarni qiziqtirgan savollar va takliflar bo‘yicha quidagi raqamlarga murojaat qilishlaringiz mumkin.
Ma'lumot uchun:
+998990390106
+998974617776
#Inson_qadri_uchun
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrda “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-sonli qarori ijrosi amalda.

Degantepa MFY Degantepa ko`chasida markazlashgan ichimlik suv quvurlaritortish ishlari olib borilmoqda

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
❇️❇️Toshkent viloyatining yalpi hududiy mahsuloti qanchaga o‘sdi?

⚡️2022 yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 93 433,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 5,1 % ga o‘sdi. YaHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi 22,1 %, sanoat 47,9 %, qurilish 5,8 % va xizmatlar sohasi 24,2 % ni tashkil etdi.

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram