Nurafshon shahri hokimligi
3.27K subscribers
43.3K photos
3.94K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
📌Nurafshon shahar Degantepa mahalla fuqaprolari yig‘inida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrda “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-sonli qarori ijrosi bo`yicha hamda, “Inson qadri ulug‘” tamoyili asosida Degantepa ko‘chasida ichimlik suvi uchun quvurlar tortilmoqda

⚡️Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Navoiyni_e'zozlab
#Nurafshon_shahar
#Toshkent_viloyati

📚 Nurafshon shahar hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi, shahar Xalq ta’limi va shahar madaniyat bo’limi hamkorligida bugun shahardagi hamda 1-sonli umumta’lim maktabida buyuk o’zbek shoiri, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag’ishlangan "Buyuk siymolar mangu barhayot" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🔰 Tadbirda maktabning ona tili va adabiyoti o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan iqtidorli o‘quvchilar ishtirokida “Leyli va Majnun”, “Farhod va Shirin” hamda “Navoiy va Guli” sahna ko‘rinishlari ijro etildi.

Tadbir davomida 1-sonli umumta’lim maktab o‘quvchilari Alisher Navoiyning g‘azallari va sheʼrlarini turli tillarda (ingliz, rus, fors) o‘qishdi.

📌Tadbirda 200 ga yaqin maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.

✍️Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi.
#Nurafshon
#tibbiy_ko’rik

🏥Nurafshon Shahar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi ko'p tarmoqli markaziy poliklinika xodimlari tomonidan 1-maktabi o’quvchilari hamda “Muqumiy” MFYda dispanser nazoratida turadigan bemorlar, Nuroniylar hamda yosh bolasi bor oilalarga tibbiy xizmatlar tashkil etildi.

🩺Ularga tor soha mutaxassislari UZT, EKG hamda laborator diagnostika xizmat ko'rsatishdi.

💊 Imkoniyati cheklangan bemorlarga  bepul dori-darmonlar tarqatildi.
"Ayollar daftari" bo'yicha muloqot

Bugun Respublika va Toshkent viloyati Kasaba uyushmalari Kengashidan vakillar, shahardagi 4 ta sektor rahbarlari va mas'ul kotiblar, ishchi guruhga biriktirilgan mas'ullar hamda shahardagi 22 nafar xotin-qizlar faollari ishtirokida ochiq muloqot o'tkazildi.

Muloqot davomida 2022-yil 31-martdagi 145-sonli "Xotin-qizlar muammolarini o'rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaror hamda 19-dekabrdagi 4-sonli bayonnoma asosida "Ayollar daftari"ning 4-bosqichiga xotin-qizlarni kiritish xususida gapirildi.

Shuningdek, xotin-qizlarni "Ayollar daftari"ga ro'yxatga qo'yishda individual anketalarni to'ldirilish holatini o'rganish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.⚡️Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube