Nurafshon shahri hokimligi
3.27K subscribers
43.3K photos
3.95K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
#Nurafshon
#tibbiy_ko’rik

🏥Nurafshon Shahar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi ko'p tarmoqli markaziy poliklinika xodimlari tomonidan 1-maktabi o’quvchilari hamda “Muqumiy” MFYda dispanser nazoratida turadigan bemorlar, Nuroniylar hamda yosh bolasi bor oilalarga tibbiy xizmatlar tashkil etildi.

🩺Ularga tor soha mutaxassislari UZT, EKG hamda laborator diagnostika xizmat ko'rsatishdi.

💊 Imkoniyati cheklangan bemorlarga  bepul dori-darmonlar tarqatildi.
"Ayollar daftari" bo'yicha muloqot

Bugun Respublika va Toshkent viloyati Kasaba uyushmalari Kengashidan vakillar, shahardagi 4 ta sektor rahbarlari va mas'ul kotiblar, ishchi guruhga biriktirilgan mas'ullar hamda shahardagi 22 nafar xotin-qizlar faollari ishtirokida ochiq muloqot o'tkazildi.

Muloqot davomida 2022-yil 31-martdagi 145-sonli "Xotin-qizlar muammolarini o'rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaror hamda 19-dekabrdagi 4-sonli bayonnoma asosida "Ayollar daftari"ning 4-bosqichiga xotin-qizlarni kiritish xususida gapirildi.

Shuningdek, xotin-qizlarni "Ayollar daftari"ga ro'yxatga qo'yishda individual anketalarni to'ldirilish holatini o'rganish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.⚡️Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube