Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.03K videos
60 files
12.4K links
Download Telegram
#sayyor_qabul

Nurafshon shahar hokimi 1-sektor raxbari M.Saliyevning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda
jami 8 ta fuqaroning murojaati o‘rganib chiqildi, shundan: 2 ta fuqaroning murojaati joyida hal qilindi. Qolgan 6 ta fuqarolarning murojaatlari shaxsan shahar hokim M.Saliyev nazoratida bo‘lib, murojaat yechimlari bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga 1 xaftalik muddatda yechimi topilishi uchun ko‘rsatmalar berildi va chora-tadbir belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Nurafshon_shahri
#Haftalik_ish_reja_ijrosi

Joriy yilning 25-mart kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi hamda shahar hokimning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi bilan hamkorligida tuzilgan jadval asosida Nurafshon shahar Barkamol avlod bolalar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5040-sonli qarori ijrosini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Nurafshon shahar Barkamol avlod bolalar maktabida ijtimoiy va maʼnaviy-maʼrifiy muhit, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish masalalari tanqidiy o‘rganildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida zarur ko‘rsatma, taklif va tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Iftorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2023-yil 13-mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Muborak Ramazon oyi davomida iftorlik tadbirlarni Nurafshon shahar mahallalarda o‘tkazish belgilangan.

Iftorlikda “Ayollar daftari” kiritilgan va kam ta'minlangan fuqarolar uchun dasturxon yozildi.

Reja bo‘yicha bugun 4-sektor hududia joylashgan Evalak mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan "Alibaba" choyxonasida sektor rahbari va "Mahalla"xayriya jamoat fondi boshchiligida iftorlik o‘tkazildi. Iftorlikda mahallaning faol xotin-qizlari va nuroniy oqsoqollari qatnashishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Audio
🟦🟦🟩🟩

Shanba - Qishloq xoʻjaligi soxasi va fermerlar kuni bo'lib, “Yashil makon” tadbirlari doirasida Toshkent viloyati hududlarida izchil jarayonlar davom etmoqda

🔘Ohangaron shahri. 2-sektorga qarashli Namuna mahallasida ham hashar tashkil etilib, ko‘cha-ko‘ylar obod holga keltirilmoqda.

🔘Nurafshon shahri. "Yashil makon" loyihasi doirasida 2- sektor hududi To‘y-tepa va Qumariq mahalla fuqarolari yig‘inlarida bo'sh yer maydonlariga mevali va manzarali daraxtlarini ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

🔘Bekobod tumani. "Yashil makon" umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas" deya tumandagi ATB Agrobank xodimlari O’zbekiston mahallasi hududiga ko’p yillik 2400 tup manzarali daraxtlar ekish ishlarini amalga oshirishdi.

🔘Yuqori Chirchiq. Ayni kunlarda “Nurli yo'l” MFY hokim yordamchisi A.Tulegenov boshchiligida PQ 20-sonli qarorga asosan, dehqon xoʻjaligiga ajratilgan yer maydonlariga uzumchilikni rivojlantirish maqsadida, tok koʻchatlari ekilmoqda.

🔘O'rta Chirchiq. Tumanda tasdiqlangan reja grafikka asosan, joriy yilning 23-mart kunidan 4-aprel sanasiga qadar dala maydonlariga paxtaning "Namangan 77", "Porloq" va "Sulton" kabi navlarini ekish ishlari boshlandi.

🔘Bo'ka tumani. Hududlarda "Yashil makon" loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko'chatlarini ekish, ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

🔘Zangiota tumani. Zangiota tumani hokimi A.Tamikayev tumanda aholi farovonligi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini ko'paytirish hamda fuqarolarini band qilish maqsadida qo'shimcha imkoniyatlar topish chora-tadbirlarini ko'rmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Sportchi sifatida shuni aytishim kerakki, yangilanayotgan qomusimiz va uning 48-moddasi bizni xursand qildi” — Aziz Tojiyev

Armvrestling boʻyicha Osiyo chempioni yangilanayotgan Konstitutsiyada sportchilarga alohida eʼtibor qaratilayotganidan minnatdor ekanini aytdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Konstitutsiyaga kiritilayotgan o`zgarishlar haqida Nurafshon shahar Adliya bo`lim boshlig`i.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#murojaat_va_yechim

2-sektor rahbari tashabbusi bilan Nurafshon shahar Muqimiy va Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilgan sayyor qabulda kelib tushgan fuqarolarning murojaatlari o‘z yechimini topdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website