Nurafshon shahar hokimligi
1.84K subscribers
32.7K photos
3.17K videos
44 files
9.81K links
Download Telegram
#Nurafshon_shahri
#Haftalik_ish_reja_ijrosi

Joriy yilning 25-mart kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi hamda shahar hokimning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi bilan hamkorligida tuzilgan jadval asosida Nurafshon shahar Barkamol avlod bolalar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5040-sonli qarori ijrosini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Nurafshon shahar Barkamol avlod bolalar maktabida ijtimoiy va maʼnaviy-maʼrifiy muhit, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish masalalari tanqidiy o‘rganildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida zarur ko‘rsatma, taklif va tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Nurafshon shahar
#Haftalik ish reja ijrosi


☝️O'quvchi-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda maktabdan tashqari ta'limni yuqori bosqichga olib chiqish "Barkamol avlod" bolalar maktablarining eng ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

🇺🇿 T
obora yaqinlashib kelayotgan 1-sentabr - O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

🖼Tadbir davomida to'garak a'zolarining mahoratlari bilan shahmat, shashka, rassomchilik bo'yicha tanlov o'tkazildi

Tadbirda Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi bosh mutaxassisi N. Shaumarova qatnashdi.

Mazkur ko'rgazmadan maqsad iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iste’dodlarini namoyon qilishlari uchun imkoniyat yaratishdan iborat.
Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi

@Nurafshonpressa
#Nurafshon shahar
#Haftalik _ish_reja _ijrosi
#Ma'rifat soati


✍️
Joriy yilning 8-sentabr kuni Nurafshon shahar mudofaa bo'limida "Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga yoshlarimiz ongini buzg'unchi yod g'oyalar bilan zaharlanishiga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma'rifat o'rnini jaholat egallashiga yo'l qo'ymaymiz" mavzusida "Ma'rifat soati" o'tkazildi.

Unda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurafshon shahar bo'linmasi rahbari D. Nurillayeva va din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi Q. Rasulov so'zga chiqib, ayrim ota-onalar bola tarbiyasi xususida beparvolik qilib, farzandining axloqiy va ma'rifiy tarbiyalari bilan shug'ullanish ikkinchi darajali bo'lib qolganligi, yoshlar ilmli, ma'rifatli bo'lishlariga jiddiy e'tibor qaratishlari borasida o'z fikrlarini bildirishdi.

✍️Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurafshon shahar bo'linmasi

https://t.me/Nurafshonpressa
#Nurafshon shahar
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
Dunyoviy davlat — davlatning konstitutsiyaviy huquqiy tavsifi boʻlib, Dunyoviy davlat deganda, davlat bilan din oʻrtasidagi nisbat, yaʼni davlatning dinga munosabati, dindan xoli mavjud boʻlishi va rivojlanishini tushunish mumkin. Aniqroq aytganda, Dunyoviy davlat hech bir dinga davlat dini, rasmiy din maqomini bermaydi, dinning siyosiylashuviga yoʻl quymaydi, Shu maʼnoda Dunyoviy davlat uchun istiqbolli munosabat shakli-davlatni dindan ajratilganligi hisoblanadi.
Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurafshon shahar bo'linmasi rahbari D. Nurillaeva hamda Nurafshon shahar din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi Q. Rasulov hamkorligida shahardagi 13-umumta'lim maktabida bo'lib, "O'zbekiston-dunyoviy davlat" mavzusida umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ma'naviy-mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish maqsadida yoshlar o'rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati.


https://t.me/Nurafshonpressa
#Nurafshon shahar
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
O‘zbekistonda barpo etilayotgan demokratik huquqiy va adolatli dunyoviy davlat qurish konsepsiyasida din – madaniy-ma’naviy omillar umumiy silsilasiga kiruvchi barcha qadriyatlar qatorida teng huquqli qadriyat sifatida so‘zsiz tan olinadi. Mamlakatda turli din vakillarining bag‘rikenglik va tinch-totuvlikda yashashlari ta’minlanadi. Tabiiyki, jamiyatda turli tuman din va madaniyatlar vakillari mavjud bo‘lgan holda, davlat boshqaruvi va siyosati albatta bir mafkuraga yoki diniy qarashga asoslana olmaydi.
RMMM shahar bo'linmasi rahbari D. Nurillayeva hamda Nurafshon shahar din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi Q. Rasulovlar tomonidan shaharning 26-umumta'lim maktabida yuqori sinf o'quvchilari o'rtasida "O'zbekiston-dunyoviy davlat"  tamoili asosida jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, ma'naviy-mafkuraviy tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.

https://t.me/Nurafshonpressa