Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.03K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#davra_suhbati

Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida Yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.

Unda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi Miraziz Mirsultonov, OʻzLiDeP Toshkent viloyat Kengashi raisi Toʻlqinjon Fayziyev, Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari va faollar qatnashdi.

Asosiy eʼtibor Bosh qomusimizdagi yoshlarga oid yangi kiritilgan oʻzgartirishlar, bir qator bandlar va 76-,78-moddalardagi masalalar atroflicha tushuntirildi. Bunda ishga kirish, oliy taʼlimda oʻqish borasidagi qulayliklar aytib berildi.

Suhbat davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar va boʻlajak referendumga tayyorgarlik koʻrish, uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#koʻhna_olam

Azim daryo bagʻridagi qadim qalʼa

Namudligʻ – Iloqdagi shahar xarobasi (3–11-asrlar). Angren shahri yaqinida, Ohangaron daryosining oʻng sohilida joylashgan. 1966-1967-yillarda oʻrganilgan.

Maydoni – 70 gektar, beshburchakli qalʼa va keng shahristondan iborat boʻlib, daryo va uning irmoqlari bilan mudofaalangan.

Namudligʻ oʻrnida 3–4-asrlarda istehkomsiz turar joylar paydo boʻlgan, 5–6-asrlarda shaharga aylangan.

9–10-asrlarda kumush va boshqa rangli metalllarni qayta ishlovchi hunarmandlik korxonalari rivojlanishi bilan shahar gullab yashnagan.

Namudligʻda metall eritish va kulolchilik sexi, kaolin va boʻyoq modda saqlanadigan joylar, shisha, sopol idishlar, turli tangalar topilgan.

🌐Telegram 🌐Website 📺YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Nurafshon shahrining "Obod" MFYda 4-sektor rahbari DSI boshlig'i S. Narxadjayev boshchiligida Soliq inspektsiya xodimlari tomonidan obodonlashtirish ishlari olib borildi va 100 tup daraxt ko'chatlari ekildi, hamda 33ta xonadon egalarining darvozasi bo'yalib ta'mirlash ishlari o'tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mevali daraxt ko‘chatlari tekin tarqatilmoqda.

📌Shu kunlarda yurtimizdagi barcha tashkilot, muassasa va korxonalarda diyorimizni bundan-da obod qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu ezgu ishda Toshkent viloyati hokimligi hamda viloyat soliq boshqarmasi ham faol ishtirok etmoqda.

🌳Xususan, Toshkent viloyati hokimligi tomonidan birgina 4-sektor hududini yashil makonga aylashtirish maqsadida sektorga qarashli har bir shahar va tumanlarga besh yuztadan mingtagacha mevali daraxt ko‘chatlari tarqatildi.

Nok, olma, behi, shaftoli, o‘rik kabi mevali daraxtlar iborat ko‘chatlar bugunning o‘zida 4-sektor xodimlari tomonidan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘chat ekish uchun yeri bo‘lgan fuqarolarga bepul etkazib berildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#огоҳ_бўлинг

Ўзбекистонда яна бир доридан хавф эълон қилинди.

ССВ Испанияда чиқарилган ушбу дориларни савдодан қайтариб олган.

Батафсил

Telegram 🌐Website 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

Oʻtgan 2022-yilda viloyatda isteʼmolchilar tomonidan ichimlik va oqova suv tarmoqlariga noqonuniy ulanish boʻyicha 200 ga yaqin holat aniqlangan

Buning natijasida davlatga qancha zarar keltirilgani maʼlum qilindi.

Eslatib oʻtamiz: qonunchilikka kiritilgan oʻzgarishlarga koʻra, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish jinoyat etib, belgilangan.

Hurmatli isteʼmolchilar! ichimlik va oqova suv xizmatlaridan qonunlarimizga rioya qilgan holda foydalaning.

Batafsil videolavhada

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM