Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
44K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#koʻhna_olam

Azim daryo bagʻridagi qadim qalʼa

Namudligʻ – Iloqdagi shahar xarobasi (3–11-asrlar). Angren shahri yaqinida, Ohangaron daryosining oʻng sohilida joylashgan. 1966-1967-yillarda oʻrganilgan.

Maydoni – 70 gektar, beshburchakli qalʼa va keng shahristondan iborat boʻlib, daryo va uning irmoqlari bilan mudofaalangan.

Namudligʻ oʻrnida 3–4-asrlarda istehkomsiz turar joylar paydo boʻlgan, 5–6-asrlarda shaharga aylangan.

9–10-asrlarda kumush va boshqa rangli metalllarni qayta ishlovchi hunarmandlik korxonalari rivojlanishi bilan shahar gullab yashnagan.

Namudligʻda metall eritish va kulolchilik sexi, kaolin va boʻyoq modda saqlanadigan joylar, shisha, sopol idishlar, turli tangalar topilgan.

🌐Telegram 🌐Website 📺YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#koʻhna_olam

Nurafshonning tabarruk manzillaridan biri “Mushukboy ota” ziyoratgohi haqida eshitganmisiz?

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM