Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.7K photos
4.03K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
Audio
🟦🟦🟩🟩

Sektor rahbarlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashdi va muammolarini, investitsiya, eksport masalalarini oʻrganib chiqishdi

🔘
Nurafshon shahri. "Nurafshon" va "Degantepa" mahallasida 3-sektor rahbari tomonidan 20 nafar fuqaroning murojaatini tinglab, amaliy yordam koʻrsatildi.

🔘Piskent tumani. Tuman hokimi Nodirbek Yakubov 1-sektordagi 10 ta mahallada ehtiyojmand yoshlar bilan uchrashib, yer olish, tadbirkorlik va boshqa muammolarini hal qilishga yordam berdi.

🔘Chirchiq shahri. Sankt-Peterburg tashqi aloqalar qoʻmitasi raisi Evgeniy Grigorev “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔘Boʻstonliq tumani. Penza viloyati madaniyat va turizm vaziri Sergey  Bichkov Toshkent viloyatining sayyohlik salohiyatiga eʼtibor qaratdi. Ikki tomon oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, kelajakda sohani rivojlantirish borasida hamkorlik bitimi imzolandi.

🔘Bekobod shahri. Xitoy xalq Respublikasi investorlari Bekobod shahrida boʻlib, u yerdagi mavjud boʻsh bino-inshoatlari hududidagi yer maydonlarida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi takliflari muhokama qilindi.

🔘Angren shahri. Shahar hokimi Alisher Rayimov Xitoyning  “Trina solar” kompaniyasi direktori Vay Yu bilan uchrashdi.

🔘Parkent tumani. Bavariya tumanda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, chorva mollarini saqlash va ularni tashish, sohani raqamlashtirish kabi yoʻnalishlarda hamkorlik qilishni koʻzda tutmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tibbiy_koʻrik

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 noyabrdagi “Reproduktiv yoshdagi ayollar,homiladorlar va bolalarga ko’rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko’lamini yanada kengaytirish to’g’risida”gi PQ 4513-sonli qarorini ijrosini taminlash maqsadida yurtimizda 2023 yil 10 apreldan 8 mayga qadar “Sog’lom ayol oyligi” doirasida Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli Oilaviy poliklinikada “Xurriyat “MFY  aholisi uchun tibbiy ko’rik o’tkazildi.

Tibbiy ko’rikda 52 nafar fuqaro tibbiy ko’rikdan o’tkazilib,kasallik aniqlanganlarga ambulator tekshiruv va zarur davo mualojalari tavsiya etildi hamda 2 nafar fuqaro kunduzgi shifoxonaga yo'naltirildi.
Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi ma’mutiyati!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy (NURAFSHON TV)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NURAFSHON_SHAHRI_Prezident maktabi imkoniyatlar o‘z so‘zini aytmoqda_23_04_2023

obuna bo'ling:👇👇👇
https://t.me/nurafshontvrasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlik

OQQOʻRGʻONDA JINOIY GURUH QOʻLGA OLINDI

Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumanida qarzni 5 baravar qilib qaytarishni talab qilgan jinoiy guruh qoʻlga olindi.

Jinoiy guruh aʼzosi fuqaroga qarz bergan. Ammo, fuqaro qarzni bir qismini qaytarganidan soʻng, qolganini ustiga 5 baravar qoʻshimcha ustama talab qilgan.

Jinoyatchilar ayni paytda viloyat huquq-tartibot idoralari tomonidan qoʻlga olingan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muftiy hazrat: Muloyimlik – moʻminning ziynati

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Madaniyatkarvoni

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining tashabbusi bilan mamlakatimizning barcha hududlarida el sevgan san'atkorlar ishtirokida konsert dasturlari tashkil qilinmoqda

Bunday loyihalardan ko'zlangan asosiy maqsad yurtdoshlarimizga hush kayfiyat baxsh etishdir. Respublikamizda o'tkazilayotgan "Madaniyat karvoni" Nurafshon shahriga ham tashrif buyurdi. Xalqimizning ko'zidagi quvonch, mexr va saxovat kurtaklari, yoshlarimizdagi ilm-ma'rifatga bo'lgan qiziqish ham asli ma'naviyatning bir yaqqol ko'rinishidir.

Nurafshon xalqi bayramona kayfiyatda, kuy- qo'shiqlar hamohangligida, go'zal raqslari bilan dillarga quvonch ulashdi. Tadbir davomida faol bo'lgan fuqarolar tashkilotchilarning qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandi. Bu kabi bayramona konsert dasturlari respublikamiz bo'ylab keng ko'lamda nishonlanmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#eʼtibor

«Bundan buyon O‘zbekistonda biror-bir ayol davlat va jamiyatning e’tiboridan chetda qolmaydi» — Shavkat Mirziyoyev

Nurafshon shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin- qizlar bo'limi boshlig'i K. Pardaboyeva hamda Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi 1- o'rinbosari M. Zamonovlar tomonidan ayollar daftari, temir daftarda turuvchi ayollarning 15 nafariga tikuv mashinalari topshirildi.
 
Ayollar  davlatimiz tomonidan berilayotgan  bunday e'tibordan mamnun bo'lib, kelgusida o'z kasb- hunarlari orqali jamiyatimizga munosib hissa qo'shishlarini aytib o'tdilar.

Ko'zlari baxtdan quvonib turgan ayollarimizning kelgusi ijodiy ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Rasmiy

NURAFSHONGA HOKIM TAYINLANDI

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM