Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
44K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Madaniyatkarvoni

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining tashabbusi bilan mamlakatimizning barcha hududlarida el sevgan san'atkorlar ishtirokida konsert dasturlari tashkil qilinmoqda

Bunday loyihalardan ko'zlangan asosiy maqsad yurtdoshlarimizga hush kayfiyat baxsh etishdir. Respublikamizda o'tkazilayotgan "Madaniyat karvoni" Nurafshon shahriga ham tashrif buyurdi. Xalqimizning ko'zidagi quvonch, mexr va saxovat kurtaklari, yoshlarimizdagi ilm-ma'rifatga bo'lgan qiziqish ham asli ma'naviyatning bir yaqqol ko'rinishidir.

Nurafshon xalqi bayramona kayfiyatda, kuy- qo'shiqlar hamohangligida, go'zal raqslari bilan dillarga quvonch ulashdi. Tadbir davomida faol bo'lgan fuqarolar tashkilotchilarning qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandi. Bu kabi bayramona konsert dasturlari respublikamiz bo'ylab keng ko'lamda nishonlanmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website