Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.8K photos
4.05K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#Xotira_va_qadrlash_kuni
#Nurafshon

NURAFSHONDA XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN TANTANALI MAROSIM OʻTKAZILDI


Nurafshon shahri markazidagi Xotira maydonida Motamsaro Ona haykali poyiga gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev hamda korxona va tashkilotlar, jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Maʼlumot oʻrnida, Toshkent viloyatidan II jahon urushi frontlariga 122 mingga yaqin fuqaro yuborilgan.

Shudan, 70 mingdan ziyodi frontlarda halok boʻlgan 5,5 mingga yaqin jangchi bedarak yoʻqolgan.

Urush yillarida viloyatga 27 ta zavod va fabrikalar evakuatsiya qilingan. Ular front uchun kerakli qurol-aslaha, kiyim-kechak va shu kabi kerakli jihozlarni frontga yuborish uchun xizmat qilgan.

Hozirgi kunda viloyatda 26 nafar II jahon urushi qatnashchilari istiqomat qiladi. Bayram arafasida ularga davlat rahbarining tabrigi va bir martalik pul mukofotlari topshirildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube
🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM