Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.9K photos
4.05K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
“Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti boʻlimi Sizga, shuni ma’lum qiladiki, Nurafshon shahar Dehqonobod MFY koʻchasida d-89-76-50 mm boʻlgan oʻrta bosim yer usti gaz quvirlarida ta’mirlash ishlari olib borish munosabati bilan Dehqonobod MFYning Dehqonobod, Baxt, Bobur koʻchalari, Navroʻz MFYning Sugʻdiyona koʻchasi, Degantepa MFYning Zarhayot koʻchasi va Toʻy-tepa MFYning Oxunboboev koʻchasi aholi va ulgurji iste’molchilarida 2023-yil 16-may kuni soat 09.00 dan 18.00 ga qadar gaz ta’minoti toʻxtatiladi. Gaz ta’minoti toʻxtatiladigan aholi xonadonlari soni 460 tani, ulgurji iste’molchilari 8 tani tashkil qiladi. Murojaat uchun tel: (90) 004-81-04. “Nurafshonshahargaz” boʻlimi.
#tadbirkorlarga imkoniyat kengaymoqda!

Bugun 19-may kuni “Tong madaniyat” markazida sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari 5 taligi uchun Nurafshon shahar hokimi raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda shahrimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalasi qo‘yildi. Tadbirkorlarga to‘sqinlik qilayotgan masalalarni mahalla kesimida mahalla xodimlari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari o‘rganib chiqilib, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan masalalarni tashkilot va korxona rahbarlari yechimini topib hal qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Tashqi reklama va e’lonlar holati o‘rganilmoqda

📝Toshkent yo‘li ko‘chasida “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

🔰O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi 776-sonli Qonunining 6-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatilishi” belgilab olingan.

📌Shahar hokimining davlat tili bo‘yicha maslahatchisi M.Shoismanova Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan xizmat ko‘rsatish shaxobchalari va savdo do‘konlarining tashqi reklama va e’lonlari holatini o‘rgandi.

📎O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektlarining mas’ullariga “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirilib, qonun talablariga mos kelmaydigan, davlat tilida yozilmagan, eskirib, yaroqsiz holatga kelgan tashqi reklama vositalari olib tashlanishi haqida ogohlantirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Toshkent_viloyati
#Nurafshon_shahar
#haftalik_reja_ijrosi

🔰 Joriy yilning 18-may kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasining haftalik ish rejasiga asosan shahardagi 25-sonli umumta'lim maktabida “Sharq ayoli ma’rifati” tadbirlari doirasida “Qadriyatlarimiz bebaho boyligimiz” mavzusida maktabi o‘quvchilari bilan davra suhbat tashkil etildi.

♻️ Davra suhbat davomida Тошкент viloyati nuroniylar kengashi aʼzosi, Nurafshon shahar Maʼrifat targ‘ibotchilari aʼzosi Valijon Madmarov o‘quvchilarga milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, tariximiz, madaniyatimiz, xalqimizning urf-odatlari haqida so‘zlab berdi.

Suhbat davomida qatnashuvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarni oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Taʼlim muassasasida “Har bir bola davlat himoyasida” targ‘ibot tadbirlari.

Joriy yilning 18-may kuni shahar hokimligi Bolalarni himoya qilish sho'ba mudiri A.Jonqobilov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari О.Zakirov, shahar IIB inspektor psixologi leytenant D.Haydarova, Toshkent viloyati nuroniylar kengashi aʼzosi V. Madmarov hamkorligida o‘quvchilarga tinchlik oliy ne’matligi, ooysishta hayot uchun shukronalik, jinoyatchilik, huquqbuzarlik va ma'naviy tahdidlarning oldini olish, tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida shahardagi 25-sonli umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari bilan davra suhbat tashkil etildi.
Suhbat yakunida mavzuga oid o‘quvchilar tomonidan qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website