Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.9K photos
4.05K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#Tashqi reklama va e’lonlar holati o‘rganilmoqda

📝Toshkent yo‘li ko‘chasida “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

🔰O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi 776-sonli Qonunining 6-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatilishi” belgilab olingan.

📌Shahar hokimining davlat tili bo‘yicha maslahatchisi M.Shoismanova Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan xizmat ko‘rsatish shaxobchalari va savdo do‘konlarining tashqi reklama va e’lonlari holatini o‘rgandi.

📎O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektlarining mas’ullariga “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirilib, qonun talablariga mos kelmaydigan, davlat tilida yozilmagan, eskirib, yaroqsiz holatga kelgan tashqi reklama vositalari olib tashlanishi haqida ogohlantirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website