Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.9K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
"Obod turmush" mahallasida shahar hokimining sayyor qabuli o‘tkazildi

Davlat xizmatchilarining xalq bilan muloqotga kirishishlari uchun asos yaratish maqsadida, Nurafshon shahrida sayyor qabullar tashkil etilib kelinmoqda.

Bugun shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida, tegishli mas'ullar ishtirokida "Obod turmush" mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul bo’lib o’tdi.

Qabul davomida 30 nafar fuqarolar tomonidan turli xildagi masalalar bo'yicha murojaatlar tinglandi. Fuqarolar mahalladan moddiy yordam olish, subsidiyaga uy olish, salomatligini davolash, tadbirkorlik bilan shug'ullanish va shu kabi masalalar yuzasidan murojaat qildilar.

Shahar hokimi muammolarni o'rganish hamda bartaraf etish uchun mas'ullarga ko‘rsatmalar berdi. Ayrim murojaatlar yuzasidan muammo joyiga chiqib o‘rganishlar olib bordi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Bayram shukuhi

👨‍👩‍👧‍👦Bolalar bizning kelajagimiz, ko’zimiz nuri, qalbimiz quvonchi! Ular bilan hayotimiz yorug’ va bardavom .Shu sababli ham bolalarimiz uchun ularning birgina shirin tabassumi uchun dunyolarni berishga ham tayyormiz.
🔹1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasining bolalar bo'limida “Bor mehrimiz seniki bolajon” nomli bayram tadbiri ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi.
🎤Tadbirda Nurafshon shahar hokimi o’rinbosari N.Kulbekova, Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi rahbari M.Peltabayeva so'zga chiqib bolalarni tabriklab, bayram sovg’alarini topshirishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya  qilish kuni munosabati bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondi Nurafshon shahar bo‘linmasi tomonidan shahardagi “Navro‘z” hamda “Obod” MFYdagi 2 nafar kam taʼminlangan oila farzandlari bugun go‘zal Namangan shahriga xalqaro "Gullar festivali"ga olib borildi. Ularga fond tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Nurafshon shahrida bolajonlar bayrami keng nishonlandi

🎉Bugun Nurafshon shahrida 1 iyun ~ "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"ga bag‘ishlab, Tong madaniyat markazida “Bor mehrimiz senga bolajon” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔰Tadbirda shahar hokimi o'rinbosari N.Kulbekova kirish so‘zi bilan ochib berib, shahrimizdagi barcha bolajonlarni bugungi shodiyona bayrami bilan samimiy tilaklar ila tabrikladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website