Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
44.1K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda Biznes-ombudsman xabardor etiladi


“Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi
Prezident Farmoni (PF-184-son, 14.11.2024 y.) qabul qilindi

🔰Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan:

jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi;

“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etiladi.

🗓Elektron tizimda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, o'rta va yuqori darajalarga tasniflanadi.

Xavf darajasi past bo'lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o'tkazilmaydi.

2025-yil 1-yanvardan quyidagilar uchun ma'muriy javobgarlik bekor qilinadi:

fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzish;
majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) identifikasiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish;
xodimlar sonini yashirish.

❗️2025-yil 1-martdan boshlab sudda ish yuritish taraflar kelishuv bitimi tuzganligi sababli tugatilganda, davlat boji birinchi instansiya sudida – 70 foizi, apellyasiya va kassasiyada – 30 foizi qaytarib beriladi.

⚡️Farmon bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o'tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro'yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibi joriy etiladi.

➡️Bunda tekshiriladigan tadbirkorlik subyekti aniq bo'lmagan holatlarda, tekshiruv boshlangandan so'ng 24 soat ichida Biznes-ombudsman xabardor etiladi.

👉 Manba

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Respublikada bo'lishi nomaqbul deb topilgan shaxslarning ro'yxati shakllantiriladi


Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-998-son, 15.11.2024 y.) bilan «O'zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning huquqiy holati to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

🔰Qonun bilan O'zbekiston xalqining sha'nini, qadr-qimmatini, tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlarni yoki harakatlarni sodir etgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning «O'zbekiston Respublikasida bo'lishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ro'yxati»ga kiritilishini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.

❗️Chet el fuqarosini yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsni Ro'yxatga kiritish O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining, Senati Kengashining, maxsus vakolatli davlat organlarining taqdimiga asosan amalga oshiriladi.

📕 Ro'yxatga kiritilgan chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsning O'zbekiston Respublikasi hududiga kirishiga yo'l qo'yilmaydi.

📝Ro'yxatga kiritilgan shaxs xabarnoma olgan kundan e'tiboran o'n kun ichida ixtiyoriy ravishda O'zbekiston Respublikasidan chiqib ketishi kerak.

⚖️Agar Ro'yxatga kiritilgan, nomaqbul deb topilgan shaxs ko'rsatilgan muddat ichida ixtiyoriy ravishda O'zbekiston Respublikasidan chiqib ketmasa, mazkur shaxs deportasiya qilinadi.

👉 Manba

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt