Nurafshon shahri hokimligi
3.15K subscribers
48.6K photos
4.77K videos
64 files
14K links
Download Telegram
Nurafshonda "IIB Kubogi" uchun voleybol musobaqasi bo'lib o'tdi

Nurafshon shahridagi 13-sonli umumta'lim maktabi sport zalida shahar Ichki ishlar bo'limi tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi va shahar sport maktabi hamkorligida "IIB Kubogi" nomli voleybol musobaqasi o'tkazildi.

Mazkur musobaqada shahar mahallalaridan 16 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan o'g'il-qizlar ishtirok etishdi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish va sportga bo'lgan qiziqishni kuchaytirishdan iborat edi.

Musobaqa davomida jamoalar o'zaro murosasiz va qizg'in bahslarda kuch sinashdilar. Natijada, eng yaxshi natijalarni qo'lga kiritgan jamoalar faxrli o'rinlarga sazovor bo'lib, g'oliblar maxsus kubok va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Tashkilotchilar bunday sport tadbirlari yoshlarni faollikka undashini ta'kidlab, kelgusida ham shunday musobaqalarni muntazam o'tkazishni rejalashtirganliklarini bildirdilar.
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

#Toshkent_viloyati
#Nurafshon_shahar

🤩Yoshlar — kelajak poydevori!

🔥 Yoshlar ishlari agentligi
Nurafshon shahar bo'limi tashabbusi bilan yana bir bora “Gulxan shou” tadbiri bo’lib o’tmoqda

http://t.me/yia_nurafshon_yoshlari
#jarayon
#gulxan_shou

Yangiobod mahallasida "Gulxan Show" bayram tadbiri davom etmoqda


Ayni damda Yangiobod mahallasida shahar hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan ko‘tarinki ruhda "Gulxan Show" bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir doirasida shahar madaniyat bo‘limi tomonidan ijro etilayotgan qo‘shiqlar barchaga yuqori kayfiyat ulashmoqda.

Mahalla yoshlari uchun tashkil etilgan stol tennisi musobaqasi esa sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, do‘stona muhit yaratmoqda. Shu bilan birga, gulxan atrofida vatanni madh etuvchi kuylar yangrayotgani barchada yurtga bo‘lgan muhabbat va g‘ururni yanada oshirmoqda.

Bayramona kecha davom etmoqda va u mahalla ahli uchun unutilmas xotiralarga boy bo‘lishi shubhasiz!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2👎2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangiobod mahallasida bayramona "Gulxan Show" tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Shahar hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Shahar madaniyat bo‘limi tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilmoqda. Mahalla yoshlari stol tennisi musobaqasida ishtirok etayotgan bo‘lsa, gulxan atrofida vatanni madh etuvchi kuylar aytilmoqda.

Bayram davom etmoqda, barcha ishtirokchilar ko‘tarinki kayfiyatda!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2🔥1
Nurafshon shahar obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari shahar bo'ylab obodonlashtirish ishlarini olib bormoqda.

#Nurafshon #Obodonlashtirish #ShaharRivoji #Ekologiya #Ko'kalamzorlashtirish #Infratuzilma #YashilHudud #ShaharHayot

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👏1